Pankeyk
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 2416.6 ккал
- 2016-09-06 06:42:23
- 0
- 0
- 15585
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 4 osh qoshiq
- un - 250 gr
- shakar - 4 osh qoshiq
- tuxum - 2 dona
- tuz - 0,5 choy qoshiq
- sut - 350 ml
Tayyorlash usuli
Tuxumni oqidan sarig'ini ajratib alohida idishlarga solib olamiz.
Tuxum sarig'i va shakarni mikser yordamida ko'pirtirib olamiz (2 daqiqacha)
Iliq sut va un qo'shib aralashtirishda davom etamiz.Keyin yog' qo'shamiz.
Alohida idishda tuxum oqini ozgina tuz bilan ko'pirtirib, yuqoridagi massaga qo'shamiz.
Suyuq massa hosil bo'ladi.
Qizigan tova markaziga massani quyamiz.
Past olovda 2tomonini qizartirib pishirib olamiz (30 soniya 1tomoni, yana 30 soniyada 2-tomon qizaradi).