Praga torti

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 120 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 2521.85 ккал
  • 2016-09-10 07:39:18
  • 0
  • 0
  • 14047

Masalliqlar

  • un - 115 gr
  • shakar - 150 gr
  • tuxum - 6 dona
  • kakao kukuni - 25 gr
  • margarin - 40 gr

Tayyorlash usuli

PRAGA TORTI


Masalliqlar:

6 dona tuxum
150 gr shakar
115 gr un
25 gr kakao
40 gr margarin

  • Tuxumni oqidan sarig'ini ajratamiz.
  • Tuxum oqini 75 gr shakar bn ko'pirtiramiz (2-3 daqiqa mikserda)
  • Tuxum sarig'ini ham 75 gr shakar bilan ko'pirtirib olamiz.
  • 40 gr eritilgan margarin qo'shib qoshiqda aralashtiramiz.
  • Un va kakaoni aralashtirib olamiz.
  • Tuxum sarig'i ko'pirtirilgan massaga ozgina unli aralashma, ozgina tuxum oqi ko'pirtirilgan massani solib qoshiqda aralashtiramiz.
  • Shu ketma-ketlikda masalliqlarni solib bo'tqasimon xamir hosil qilamiz.

  • Qolipga solib 200°da 30 daqiqada pishirib olamiz.
  • Sovugandan so'ng 3 bo'lakka ajratib,orasiga krem surtamiz.
  • Yuzini shokoladli massa bn bezatish mumkin.
Tort kremini tayyorlash:
1,5 piyola sut
200 gr shakar
3 osh qoshiq un

250 gr saryog'-xona haroratida yumshagan

  • Un va shakarni aralashtirib so'ng sut qo'shamiz.
  • Gazga qo'yib past olovda quyulguncha aralashtiramiz va sovutamiz.
  • Saryog'ni mikserda 2 daqiqacha aralashtirib, sovugan sutli massani qo'shib aralashtirishda davom etamiz.
  • Krem tayyor
  • Shokoladli massa:
50 gr shokolad
50 gr saryog'

  • Saryog' va shokoladni suvli vannada eritib, maxsus shpritsda tort yuziga chiziqchalar chizamiz.
  • Muzlatgichda 2soat turgach dasturxonga tortish mumkin.