Bodring salat

  • 2016-09-16 09:37:15
  • 0
  • 0
  • 19177

Masalliqlar

  • mol go'shti - 100 gr
  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • bodring - 5-6 dona
  • kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
  • shakar - 1 choy qoshiq
  • tuz - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Masalliqlar:

5-6 dona bodring
1 dona qizil sabzi
1 dona piyoz
1 bo'lak go'sht
0,5 cho'mich yog'
tuz
shakar
ko'kat

Tayyorlash:

Bodringni o'rtacha kattalikda kesib olamiz. Tuz sepib 4-5 soatga olib qoyamiz.

Sabzini somoncha to'g'rab,tuz sepib qo'yamiz. Birozdan so'ng sabzini suvi chiqadi.
Suvini to'kib 1choy qoshiq shakar,1 osh qoshiq qizigan yog' qo'shib xolodilnikka qo'yamiz (yoki tayyor markovcha sotib olsangiz ham bo'ladi).

Tovaga yog' solamiz. Biroz qizigandan so'ng mayda tog'ralgan go'shtni solib qovuramiz.

Parrak tog'ralgan piyozni qo'shib qovurishda davom etamiz. Sal qizg'ish rangga kirgach 2 osh qoshiq suv solib dimlab qo'yamiz (5-10 daqiqaga).

Bodringni suvini to'kib tashlab sabzi, qovurilgan go'sht, piyozni qo'shib aralashtiramiz.


Salatimiz tayyor.