Borsh
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 846.64 ккал
- 2016-09-18 18:37:24
- 0
- 0
- 19268
Masalliqlar
- mol go'shti - - ta'bga ko'ra
- kartoshka - 4 dona
- sabzi - 1 dona
- piyoz - 1 dona
- pomidor - 1 dona
- bulg'or qalampir - 1 dona
- shakar - 1 choy qoshiq
- lavlagi - 1 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- ko'k piyoz - 2 dona
- sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
- muz bo‘laklari - murch-1 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
- Go'shtni o'rtacha kattalikda kesib olamiz.
- Qozonga yog' solib go'shtni qovuramiz,suv solib 40 daqiqa qaynatamiz.
- Hamma sabzavotlarni mayda somoncha to'g'rab olamiz.
- Kartoshkani 3-4 bo'lakka bo'lib olamiz.
- Sabzi va lavlagini qirg'ichdan chiqarib olsak ham bo'ladi.
- Tovaga yog' solib 1-piyozni solamiz.
- Piyozni biroz qovurib tova chetiga surib qo'yamiz.
- So'ng sabzini solamiz asta qovurib tova chetiga suramiz.
- Bulgor qalampiri, pomidorni ham shunday qovurib olamiz.
- So'ng lavlagini solamiz.
- Oxirida barcha masalliqlarni qo'shib qovuramiz.
- Gazni o'chiramiz.
- 40 daqiqa go'sht qaynagan qozonga kartoshka va mayda somoncha to'g'ralgan karamni solib yana 30 daqiqa qaynatamiz.
- 30 daqiqadan so'ng qovurilgan sabzavotlar va tuz solib yana 10 daqiqa qaynatamiz.
- Gazni o'chirib shakar,murch,maydalangan sarimsoq qo'shamiz va kosaga suzib yuziga mayda to'g'ralgan ko'kat, qalampir va qatiq solib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!