Baqlajon salat
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 444.28 ккал
- 2016-09-28 12:34:48
- 0
- 0
- 25413
Masalliqlar
- sabzi - qizil-1 dona
- piyoz - 1 dona
- baqlajon - 3 dona
- bodring - 1 dona
- kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
- bulg'or qalampir - 1 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- ko'kat - ta'bga ko'ra
- sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
- qizil bulg'or qalampir - 1 dona
- kunjut - ta'bga ko'ra
- pektin - murch ta'bga ko'ra
- soya sousi - 2 osh qoshiq
- qalampir kukuni - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
- Baqlajonni yirik somoncha shaklida to'g'rab tuz sepib 4-5 soatga olib qo'yamiz.
- Aytilgan vaqt o'tgach baqlajonni olib barmoqlarimiz bilan g'ijimlab suvini chiqaramiz.
- So'ng sovuq suvda bir chayvoramiz.
- Tovaga yog' solib baqlajonni qovurib olamiz.
- Tovada qolgan yog'ga murch,qalampir kukuni, tuz solib bir aralashtirvolamiz va piyoz solib qovuramiz.
- Piyoz sal o'lgandan keyin somoncha to'g'ralgan sabzini solib qovurishda davom etamiz.
- Gazni o'chirib qolgan masalliqlarni;
- somoncha to'g'ralgan ko'k, qizil balgarskiy,
- bodring,
- maydalangan sarimsoq,
- soya sous
- tuz,murch
- qalampir
- murch
- ko'kat qo'shamiz.
Yuziga kunjut sepib dasturxonga tortamiz,