Qo‘ziqorinli julen
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- 2016-10-03 17:15:49
- 0
- 0
- 11816
Masalliqlar
- piyoz - 100 gr
- sariyog' - 100 gr
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
- smetana - 200 gr
- pishloq - 100 gr
- shampinion - 300 gr
Tayyorlash usuli
Piyozni tozalang va yupqa yarim halqa shaklida to‘g‘rang.
Qo‘ziqorinlarni ham uzunchoq qilib to‘g‘rang.
Piyozni o‘simlik yog‘ida qovuring.
Keyin unga qo‘ziqorinlarni qo‘shib, aralashtiring va 15-20 daqiqa, suyuqligi bug‘lanib chiqmaguncha qovurishda davom eting.
Pishloqni yirik qirg‘ichdan chiqaring.
Ustiga pishloq seping. 180 gradus haroratgacha qizdirilgan duxovkaga 15-20 daqiqaga qo‘ying.
Qo‘ziqorinli julenni qaynatilgan kartoshka, makaron yoki guruch bilan dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!