Shokoladli tort
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2768.7 ккал
- 2016-10-04 07:33:45
- 0
- 0
- 7688
Masalliqlar
- un - 1,5 stakan
- shakar - 1 stakan
- tuxum - 3 dona
- soda - 1 choy qoshiq
- kakao kukuni - 3 osh qoshiq
- margarin - 50 gr
- qatiq - 350 gr
Tayyorlash usuli
- Tuxumni mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
- So'ng shakar qo'shib aralashtiramiz.
- Eritilgan margarin va kakao solib aralashtirishda davom etamiz.
- Qatiq+sodani solib aralashtiramiz.
- Un qo'shamiz.
- Suyuq massani yog'langan qolipga quyib 20-25 daqiqa 200ºda pishirib olamiz.
- Tort sovugach 3 bo'lakka bo'lib orasiga krem surtamiz.
Krem:
200 gr margarin
1 dona quyultirilgan sut
Xona xaroratida yumshagan margarin va quyultirilgan sutni mikserda aralashtiramiz.
Tort yuzini xamma o'z xoxishiga qarab bezatishi mumkin.