Dunkin Donats bulochkasi

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 180 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 2382 ккал
  • 2016-10-11 06:35:44
  • 0
  • 0
  • 8727

Masalliqlar

  • un - 400 gr
  • shakar - 4 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 0,5 choy qoshiq
  • xamirturush - ta'bga ko'ra
  • sut - 250 gr
  • margarin - 60 gr

Tayyorlash usuli

  • Iliq sutga droja solib 10 daqiqa olib qo'yamiz.
  • So'ng shakar, tuz, tuxum, eritilgan margarin, un qo'shib yumshoq xamir qoramiz va oshishi uchun o'rab qo'yamiz.
  • Xamir 2 barobar oshgandan so'ng 2 ta zuvala yasab olamiz.
  • Zuvalalarni 1sm qalinlikda yoyamiz.
  • 2 xil-katta va kichik dumaloq shaklli buyumni olamiz (masalan, stakan va baklajka qopqog'i). Yoyilgan xamir yuziga bostirib shakllar kesib olamiz.
  • Tovaga yog' solib bulochkalarimizni 2 la tomonini qizartirib pishiramiz.
  • Yuziga nachinka surtib, rang sepamiz.

Oq nachinka:
3 osh qoshiq qand upasi + 1 osh qoshiq suvni vilkada tez, yaxshilab aralashtiramiz.

Pushti nachinka:
Lavlagini 4dan 1ini qirg'ichdan chiqarib,ezib suvini olamiz va oq nachinkamizga qo'shamiz.

Shokoladli nachinka:

1 osh qoshiq shakar kukuni + 1 osh qoshiq kakao + 1 osh qoshiq sut.