Uyg'urcha cho'zma lag'mon (suyuq)
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 90 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 3853.42 ккал
- 2016-12-13 06:56:06
- 0
- 0
- 19007
Masalliqlar
- mol go'shti - 400 gr
- sabzi - 1 dona
- piyoz - 1 dona
- pomidor - 2 dona
- kungaboqar yog'i - 300 gr
- bulg'or qalampir - 2 dona
- sarimsoqpiyoz - 1 dona
- turp - 1 dona
- selderey - 1 bog‘
- ziravor - ta'bga ko'ra
- arpabodiyon - 1 choy qoshiq
- jandu - 1 bog‘
- koreyscha karam - bargi-3 dona
Tayyorlash usuli
Qaylasi:
1,5 cho'mich yog'400 gr laxm go'sht
1 dona piyoz
1 dona qizil sabzi
2 dona pomidor
1 dona ko'k balgariskiy
1 vog' jandig'
1 vog' selder
1 vosh chesnok
3 dona koreyskiy karam bargi
1 dona turp
pereprava dlya lagmana
tuz
1 ch.qoshiq arpa bodiyon
1 dona zvyozdichka
Tayyorlash:
Qozonga yog' solib, qizdirib, ustiga somoncha to'g'ralgan goshtni solib, seli chiqquncha qovuramiz.Ustidan soyali sous solib, 15 daqiqa past olovda dimlab qo'yamiz.
Soyali sous:1piyola suv+2 osh qoshiq soya+1choy qoshiq koreys tuzi.
Go'sht suvini tortib olgandan keyin olovni baland qilib, parrak to'g'ralgan piyoz solib qovuramiz,
Kubik to'g'ralgan sabzi 1-2 qovurib + yirik kubik to'g'ralgan karam 1-2 qovuramiz
Somoncha to'g'ralgan trup, yirik kubik to'g'ralgan balgariskiy, chesnok, to'g'ralgan selder, jandig' solib 1-2 qovurib olamiz
Kubik to'g'ralgan pomidorni qo'shib 1qovuramiz
2 litr suv solinadi, qaynab chiqqach tuz, ziravorlar, zvyozdichka solamiz.
15-20 daqiqa qaynagach qayla tayyor bo'ladi.
Xamiri qovurma cho'zma lag'monda ko'rsatilgandek tayyorlanadi.