Loviya va go‘shtli salat

  • 2016-12-27 16:52:30
  • 0
  • 0
  • 15153

Masalliqlar

  • bodring - 200 gr
  • kungaboqar yog'i - 5 osh qoshiq
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
  • tovuq filesi - 400 gr
  • mayonez - 1 ta'bga ko'ra
  • non - 150 gr
  • loviya - 300 gr

Tayyorlash usuli

Konservalangan loviya o‘rniga qaynatilganidan foydalansa bo‘ladi. Keltirilgan masalliqlardan 7-9 portsiya salat chiqadi

Oldin go‘shtni tayyor bo‘lguniga qadar qaynating (taxminan qaynab chiqqanidan so‘ng 40 daqiqa).

Tayyor go‘shtni sovutib, kubik shaklda to‘g‘rang.

Bodringlarni uzunchoq shaklda to‘g‘rang.

O‘simlik yog‘iga maydalangan sarimsoqpiyozni soling.

Nonni kubik shaklda to‘g‘rang.

Nonni yog‘da sarimsoqpiyoz bilan tilla rangga kirgunga qadar qovuring.


Loviya, go‘sht, bodring, suxarini aralashtirib, tuzini rostlang.

Oxirida ta’bga ko‘ra mayonez solib, aralashtiring.


Teglar: yangi tovuq