Malinali chizkeyk

  • 2017-01-10 18:06:48
  • 1
  • 0
  • 16305

Masalliqlar

  • shakar - 200 gr
  • sariyog' - 100 gr
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - 1/2 choy qoshiq
  • limon sharbati - 1 osh qoshiq
  • кraxmal - 15 gr
  • tvorog - 750 gr
  • pechene - 200 gr
  • slivki - 100 ml
  • tuxum sarig'i - 2 dona
  • limon po'stlog'i - 1 dona

Tayyorlash usuli

Mazali va haqiqiy chizkeyk tayyorlashni boshladik. Slivkani o‘rniga sut yoki smetana solishingiz mumkin. Bunda uning ta’mi ozgina farq qilishi mumkin. Ammo baribir mazali chiqishi aniq.

Massaliqlarning ko‘pligini ko‘rib hayron qolmang. Bu desert juda tez tayyorlanadi. Avvalambor, desertimiz asosini tayyorlashdan boshlaymiz. Buning uchun o‘zingizga ma’qul bo‘lgan pechenelarni oling.


Sariyog‘ni 30 soniya ichida mikroto‘lqinli pechda eritib oling.

Sariyog‘ ozgina sovuguncha, pecheneli urvoq tayyorlaymiz. Buning uchun pechenelarni blender yordamida maydalang.

Endi pechene bilan sariyog‘ni solib, aralashtiring.

Tayyor pecheneli urvoqni maxsus idishga solib, bir tekis qilib yoyib chiqing. Buning uchun diametri 20 sm bo‘lgan idishdan foydalaning. Idish tagiga qog‘oz solish yodingizdan chiqmasin. Tayyor asosni muzlatgichga olib qo‘ying.

Ungacha limon sharbati va po‘stlog‘ini tayyorlang.

Tvorogli pishloqni yaxshilab bir xil massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtiring. Keyin shakar, kraxmal, limon po‘stlog‘i va tuz solib aralashtiring.


Navbat tuxumlarni solishga etdi. Ularni bittadan solish kerak. Har bitta tuxumni solgandan keyin uni yaxshilab aralashtiring. Asosiysi shoshilmang.

Oxirida slivki (smetana,sut) va limon sharbatini qo‘shib, aralashtiring.

Hosil bo‘lgan massaning yarmini asos solingan idishga solib, ustidan malina va ta’bga ko‘ra boshqa mevalarni soling. Keyin qolgan qismini soling. Duxovkada 200 gradus haroratgacha qizdirilgan gaz duxovkada 10 daqiqa pishirib oling. Keyin haroratni 105 gradusga tushirib, yana yarim soatga duxovkada qoldiring. Bunda chizkeyning o‘rtasi uni qimirlatganda ozgina "qimirlashi" kerak.


Chizkeyk tayyor! Hohishga ko‘ra, uni muzlatgichda saqlab keyin iste’mol qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha.