Sirniki

  • 2017-01-31 12:46:13
  • 0
  • 0
  • 14036

Masalliqlar

  • un - 2 osh qoshiq
  • shakar - 100-150 gr
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 1 bir chimdim
  • tvorog - 600 gr

Tayyorlash usuli

1. Barcha masalliqlarni aralashtiring, tvorogni (yog‘ligi 5%li) elakdan chiqaring. Keyin ho‘l qo‘llar yordamida shariklarni yasang.

2. Taxminan 13 ta chiqadi. Unga belab, ortiqchasini qoqib yuboring.

3. Qizdirilgan tovaga o‘rta olovda qovuring.

4. Bir tomoni qizarishi bilan ikkinchi tomoniga ag‘daring va tova qopqog‘ini past olovda qizg‘ish tusga kirgunga qadar yoping.

5. Qopqoq ostida ular yanada do‘mboq (shishadi) bo‘ladi. Tovadan olib, qog‘ozli sochiqlarga ortiqcha yog‘i chiqishi uchun terib chiqing va shundan so‘ng dasturxonga tortiq qiling.


Teglar: nonushta oson tvorog