"Qarsildoq" salati
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- 2017-04-07 17:31:31
- 0
- 0
- 13283
Masalliqlar
- piyoz - 150 gr
- bodring - 300 gr
- kungaboqar yog'i - 4 osh qoshiq
- sarimsoqpiyoz - 1 ta'bga ko'ra
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
- sirka - 1 osh qoshiq
- pishloq - 150 gr
- tovuq filesi - 250 gr
- salat bargi - 1 bog‘
- oq baton - 200 gr
Tayyorlash usuli
Tovuq go‘shti filesini qaynating (taxminan qaynaganidan keying 20 daqiqa) va sovuting. Fileni tolalarga bo‘lib chiqing.
Batonni kubik shaklida to‘g‘rang va o‘simlik yog‘ida tilla rangga qirguncha qovuring.
Bodringni uzunchoq shaklda to‘g‘rang. Piyozni yarim halqa qilib to‘g‘rang. Agarda piyoz achchiq bo‘lsa, unda uni 10 daqiqaga qaynatilgan suvga solib qo‘ying va sovuq suvda chayib tashlang.
Pishloqni mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Gazak tayyorlash uchun 4 osh qoshiq o‘simlik yog‘iga uksus, maydalangan sarimsoqpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz va murchni soling.
Salat bargini qo‘lda maydalang. Unga bodring, piyoz, tovuq filesi, gazak, pishloq va qovurilgan non bo‘laklarini soling.
Salatga qovurilgan non bo‘laklarini uni dasturxonga tortiq qilishdan oldin solishni tavsiya beramiz.