Yeryong‘oqli xolva

  • 2015-09-16 12:53:53
  • 0
  • 0
  • 9638

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 50 gr
  • un - 50 gr
  • shakar - 100 gr
  • suv - 100 ml
  • yong'oq - 165 gr

Tayyorlash usuli

Xolva - mashhur sharqona shirinlik bo‘lib, o‘zining quvvatliligi bilan alohida o‘rin tutadi. Mazkur xushbo‘y va chiroyli xolvani tayyorlab ko‘ring. Zero, yong‘oqli xolva ko‘pgina mikroelementlar va ba'zi vitaminlarni o‘z ichiga oladi. Biroq shu esda tutish lozimki, bunday ko‘pquvvatli xolvani ista'mol qilarkansiz, me'yorni unutmang!

Tayyorlanish jarayoni:

1-bosqich:

Avvalambor, kerakli masalliqlar tayyorlab olinadi: yeryong‘oq, shakar, un, kungaboqar yog‘i.


2-bosqich:

Yeryong‘oq qovurib olinadi.

3-bosqich:

Un alohida quruq tovada doimiy aralashtirilgancha qovurib olinadi.

4-bosqich:

Un qizg‘ish tusga kirishi lozim.

5-bosqich:

Qovurib olingan yeryong‘oqning po‘stlog‘i tozalanadi.

6-bosqich:

Yeryong‘oq blenderda yanchib olinadi.

7-bosqich:

Ketidan un solinib, maydalashda davom ettiriladi.

8-bosqich:

Qizg‘ish tusdagi tayyor mahsulot qorishib ketishi lozim.

9-bosqich:

Suv bilan shakar aralashtirilib, qaynatishga qo‘yiladi.

10-bosqich:

Qiyom 5 daqiqa davomida qaynatiladi va kungaboqar yoki qo‘shiladi.

11-bosqich:

Tayyor qiyom yeryong‘oqli aralashmaga quyiladi va aralashtirib olinadi.

12-bosqich:

Aralashma juda tez quyuqlashadi.

13-bosqich:

Bo‘tqasimon aralashma qolipga zich qilib joylanadi va sovutiladi.

14-bosqich:

30 daqiqadan so‘ng xolvani dasturxonga tortishingiz mumkin.