Qo‘ziqorinli omlet
- Muallif: Axmedjanova Kamola Bobir qizi
- Tayyorlash vaqti: 10 daq
- Toifa: Nonushta
- 2017-07-04 14:46:31
- 0
- 0
- 8481
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- un - 2 osh qoshiq
- sariyog' - 3 osh qoshiq
- tuxum - 6 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- sut - 2 osh qoshiq
- shampinion - 200 gr
- xushbo‘y murch - 1 bir chimdim
Tayyorlash usuli
Bu retsept bo‘yicha omlet tayyorlash uchun qo‘ziqorinlarni tozalang va piyoz bilan yog‘da qovuring. Tuxumlarni ko‘pirtirib, sut, un, tuz va murch qo‘shing. Omletni qovurib, ustiga qo‘ziqorin bilan piyozni soling va ikkiga buking. So‘ng har ikkala tomonini qovuring.