Ko’za sho’rva
- Muallif: Xodjayeva Feruzaxon Izzatulloyevna
- Tayyorlash vaqti: 80 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 120 ккал
- 2015-09-16 14:25:10
- 0
- 0
- 13094
Masalliqlar
- qo'y go'shti - 40 gr
- kartoshka - 80-85 gr
- sabzi - 20-30 gr
- piyoz - 60-70 gr
- pomidor - 30 gr
- bulg'or qalampir - 20 gr
- sarimsoqpiyoz - 1 dona
- no'xat - 1 osh qoshiq
- tuz - ta'bga ko'ra
- ko'kat - ta'bga ko'ra
- dafna yaprog'i - 1 dona
- ziravor - ta'bga ko'ra
- qo'y qovurg'asi - 60-70 gr
Tayyorlash usuli
Sopol
ko’zaga avval go’sht va qovurg’ani, so’ngra piyozdan boshqa sabzavotlarni joylashtiring.
Hamma masalliqlar joylangach, piyozni soling, shunda piyoz ezilib ketmaydi.
Agar qovurga yog’siz bo’lsa, sho’rvaga ta’bga ko’ra ozgina charvi yog’ini maydalab
to’g’rab solishingiz mumkin. Eng oxirida ko’zani to’ldirib suv quying. Masalliqlar
va suv bilan to’ldirilgan ko’zani temir tandir (duxovka) ga yoki ko’za qo’yish mumkin
bo’lgan elektr plitasiga qo’ying. Avvaliga baland olovda, keyin pastroq olovda
miltillatib qaynating. Qaynash jarayonida ko’zalardagi suv kamayib ketsa,
ozgina qaynagan suv qo’shing. Suv qaynay boshlaganda, sho’rva ko’pigini olishni
unutmang.
No’xat sho’rvada pishirilsa, uning rangini bo’g’ib qo’yishi mumkin. Buning oldini olish uchun, no’xatni alohida bir idishda bir oz qaynatib olib, keyin qo’shsangiz, sho’rvaning rangi tiniq va chiroyli chiqadi.