Kefirdan tayyorlanadigan pissa xamiri
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 45 daq
- Toifa: Pishiriq
- 2017-09-25 18:00:48
- 0
- 0
- 12065
Masalliqlar
- un - 1,5 stakan
- sariyog' - 50 gr
- tuxum - 2 dona
- tuz - 1/4 choy qoshiq
- soda - 1/4 choy qoshiq
- qatiq - 1 stakan
Tayyorlash usuli
Chuqur idishga tuxum va tuzni 1-1,5 daqiqa mobaynida blender yoki mikser yordamida ko‘pirtiring.
Boshqa idishga kefirni soling.
Sariyog‘ni eritib, kefirga soling. Sariyog‘ issiq bo‘lishi kerak emas.
Sodani uksus yordamida o‘ldirib, kefirga soling va aralashtiring. So‘ng ko‘pirtirilgan tuxumni solib, yana bir marta hammasini bir xil massa bo‘lgunga qadar aralashtiring.
Endi kefirli aralashmaga oz-ozdan unni solib, suyuq xamir qoring.
Idishni yog‘lab, xamirni bir tekis qilib yoying va 15-20 daqiqaga duxovkaga pishirishga qo‘ying.
Xamir ustiga ta’bingizga ko‘ra yoqtirgan mahsulotlarni terib chiqib, pishirsangiz ham bo‘ladi.