Kabachkili quymoqlar
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- 2017-10-03 15:25:00
- 1
- 0
- 13210
Masalliqlar
- piyoz - 50 gr
- kungaboqar yog'i - 500 gr
- un - 150 gr
- tuxum - 1 dona
- tuz - 3 gr
- tuyilgan qora murch - 3 gr
- kabachka - 400 gr
Tayyorlash usuli
Kabachkini mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
Qirg‘ichdan o‘tkazilgan kabachkili massani qo‘lingiz yordamida suvini siqing.
Piyozni ham mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing va kabachkiga qo‘shing.
Kabachkali massani tuz va murchini rostlang va tuxum bilan un qo‘shing.
Yaxshilab aralashtiring.
Tayyor draniklarni smetana yoki qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan dasturxonga tortiq qiling.