Quymoq

  • 2017-11-14 12:46:15
  • 0
  • 0
  • 28032

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
  • un - 3 osh qoshiq
  • shakar - 2 choy qoshiq
  • sariyog' - 1 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 0,5 choy qoshiq
  • sut - 100 ml
  • qavartma - 0,5 choy qoshiq
  • qaynatilgan suv - 100 ml
  • tuxum sarig'i - 1 dona

Tayyorlash usuli

Tuxum, tuxum sarig‘i, tuz, shakar, yumshatgich (razrixlitel), un, eritilgan sariyog‘, o‘simlik yog‘i va sutni bitta idishga solib, hammasini aralashtiring.

Qaynagan suvni oz-ozdan soling, xamir juda ham suyuq holda bo‘lishi kerak emas.

Tovani yaxshilab qizitsangiz, shunda birinchi quymoq buzilmaydi. Tovaga faqat bir marta boshida ozgina o‘simlik yog‘i surting. Quymoqlarni o‘rta olovdan sal baland bo‘lgan haroratda pishiring. Quymoqlar tayyor bo‘lganligini uning chetiga qarab bilishingiz mumkin. Har bir tomoni taxminan 1 daqiqadan tayyorlanadi.


Natijada teshikli quymoqlar ham tayyor.