Funchoza salat

  • 2018-01-18 08:14:07
  • 0
  • 0
  • 26870

Masalliqlar

  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • bodring - 2 dona
  • bulg'or qalampir - 1 dona
  • tuz - bir chimdim
  • ko'kat - ta'bga ko'ra
  • sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
  • funchoza - 200 gr
  • mol go'shti qiymasi - 100 gr
  • soya sousi - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

  • Qaynab chiqqan suvga funchoza kraxmalini solib, 10daqiqacha dimlab qo'yamiz.
  • Kraxmal yumshagach suvdan olib,muzdak suvda bir chayvolamiz.
  • Sabzidan markovcha tayyorlab olamiz. http://chakchak.uz/uz/reciept/view?id=742 (xoxlaganlar bozordan tayyorini olsangiz ham bo'ladi).
  • Tovaga yog' solib qizdiramiz va parrak to'g'ralgan piyoz,qiyma solib qovuramiz.
  • Mayda to'g'ralgan chesnok,tuz qo'shib 1 2 aralashtiramiz. Ozgina soya sousi solib 8-10 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
  • Gazni o'chirib,somoncha to'g'ralgan balgariskiyni solib aralashtiramiz.
  • Bodringni yarim oy shaklda to'g'rab olamiz.
  • Barcha masalliqni bir-biriga qo'shib, qo'lda aralashtiramiz.
  • Va 1osh qoshiq soya sousi,ko'kat, xoxishga qarab qalampir,chesnok qo'shib aralashtirib,dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!



Teglar: oson sabzavotli