Malinali murabbo
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Qishga g'amlama
- Taomning kaloriyaliligi: 4000 ккал
- 2015-09-17 14:50:44
- 0
- 0
- 19190
Masalliqlar
- malina - 1 kg
- shakar - 2 kg
- suv - 2 litr
- tuz - 2 choy qoshiq
- limon kislotasi - 2 gr
Tayyorlash usuli
Oldin shakar va 1 litr suvdan qiyom tayyorlab, uy haroratida soviting.
Malinani durshlag ichiga solib, ehtiyotkorlik bilan yuving va bandidan tozalang.
Keyin tuzni 2 litr suv bilan aralashtirib, kastryul yoki boshqa katta idishga soling.
So‘ng oz-ozdan malinani tuzli suv ichiga solib, har bir portsiyani 10 daqiqadan ushlang.
Undan keyin sovuq suv bilan chayqang.
Sovuq suvda chayqab bo‘lgandan so‘ng malinalarni qog‘ozli sochiq yordamida quriting va sovitilgan shakarli qiyom ichiga bir soatga solib qo‘ying.
Belgilangan vaqt nuqtasiga yetganidan keyin idishni olov ustiga qo‘yib, qaynash darajasiga keltiring va kerakli quyuqlik hosil bo‘lguncha pishiring.
Murabbo pishishidan 3-4 daqiqa oldin ichiga limon kislotasini soling va tayyor bo‘lgan murabbolarni issiq holatda sterillangan bankalarga solib, pergament qog‘ozi bilan yoping.
Yoqimli ishtaha!