Nokli murabbo
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 80 daq
- Toifa: Qishga g'amlama
- Taomning kaloriyaliligi: 6000 ккал
- 2015-09-17 15:46:36
- 0
- 0
- 13353
Masalliqlar
- shakar - 1.5 kg
- limon sharbati - 500 ml
- nok - 1 kg
Tayyorlash usuli
Tayyorlash usuli: nokni yuvib, danagidan tozalang va uzunchoq yoki kub shaklida kesing. Keyin idishga joylab, ustidan limon sharbatini quying va yumshoq holatga kelgunga qadar pishiring. Nok yumshagach, uni durshlag ichiga to‘kib, sharbatidan ajrating.
Qiyom tayyorlash: nok pishgan limon sharbatini shakar bilan aralashtirib, qaynash darajasiga keltiring va shakar erib ketguncha pishiring. Keyin nokni qiyomga qo‘shib, 20-30 daqiqa davomida ustidagi ko‘pigini olib turgan holda pishirib oling. Murabboni oldindan tayyorlab qo‘yilgan sterillangan bankalarga joylashtirib yoping va salqin joyda saqlang.