Qarsildoq bodring
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 100 daq
- Toifa: Qishga g'amlama
- Taomning kaloriyaliligi: 200 ккал
- 2015-09-17 16:58:21
- 0
- 0
- 18464
Masalliqlar
- bodring - 2.5 kg
- sarimsoqpiyoz - 1 dona
- shakar - 2 osh qoshiq
- tuz - 2 osh qoshiq
- achchiq qalampir - 10 dona
- ukrop - 1 dona
- sirka - 70 gr
- yerqalampir - 2 dona
Tayyorlash usuli
1. Bodringlarni tozalab yuvib muzdek suvda 1 soatdek vaqtga qoldiring.
2. So‘ng ikki tarafidagi boshchasini olib tashlang.
3. Yaxshilab yuvilgan va sterillangan bankalarga xren barglari, 3-4 dona sarimsoq va ukropni soling.
4. Ustidan zich qilib bodringni tering.
5. Qaynagan suv solib 25 daqiqaga qoldiring.
6. Bu vaqtda olovga bankaga qaynatish uchun suv qo‘ying.
7. Bodringni suvini to‘kib ustidan tuz, shakar, sirka va qaynagan suv soling.
8. Kоnservalab bankani qopqog‘ini yerga qaratib qo‘ying va 4 soatga sovushga qoldiring shunda bodringlar qarsildoq bulib chiqadi.