Parvozingizni yanada qulayroq o'tkazish uchun maslahatlar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-19 12:31:50
- 0
- 0
- 5446
Samolyotda tez-tez parvoz qilasizmi va har safar parvozdan keyin o'zingizni lohas his etasizmi? Biz siz uchun parvozdan keyin o'zingizni tetik his qilishingiz uchun quyidagi maslahatlarni tavsiya etamiz.
1. Harakat qilib turing
Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, uch oy ichida besh marotaba parvoz qiluvchilarda qon tomirlarida tromblar paydo bo'lish ehtimoli xuddi shu davr mobaynida ikki-uch marta parvoz qilganlarga nisbatan uch marta ko'proq ekan. Havoda 12 soat parvoz qilganlarda esa atigi to'rt soat parvoz qilganlarga nisbatan tromblar hosil bo'lish ehtimoli 70 marta ko'proq ekan.
Uzoq vaqt davomida harakatlanmasdan o'tirish kislorod yetishmovchiligi — “gipoksiya”ni keltirib chiqaradi. Oqibatda qon tananing pastki qismida to'planib qoladi va tananing yuqori qismigacha yetib bormaydi.
Bunday noxush holatning oldini olish uchun imkoniyat boricha o'rindan turib, yo'lakda harakatlanish tavsiya etiladi.
2. Sovuq va viruslardan ehtiyot bo'ling
Samolyot ichida havo bir soat ichida 20 marta yangilanadi. Lekin har qanday toza havo ham yoningizda o'tirgan bemor odamdan virus yuqishidan yoki sovuq qotishingizdan muhofaza qila olmaydi.
Shuning uchun parvozga tayyorgarlik vaqtida kattaroq sharf olishni unutmang. Zaruriyat tug'ilganda uni o'rab olishingiz mumkin. Hech bo'lmaganda undan yostiq sifatida foydalansangiz ham bo'ladi.
3. Kofein iste'mol qilmang
Qahva tarkibida kofein mavjud bo'lgan boshqa ichimliklarni iste'mol qilmang. Bu, ayniqsa, tungi parvoz vaqtida juda muhim ahamiyatga ega.
Kofeinning ta'siri u iste'mol qilinganidan so'ng 2 soatdan 6 soatgacha davom etadi. Kofein uyqu kelishiga to'sqinlik qiladi, uyqusizlik esa kishini asabiy va lanj holatga olib keladi.
4. Turbulentlik ta'siri kamroq seziladigan joyni tanlang
Turbulentlik samolyotning turli qismlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Ekspertlarning ta'kidlashlaricha, qanotlar ustida va samolyot og'irlik markaziga yaqin qismlardagi joylarda turbulentlik ta'siri kamroq seziladi va aksincha, dum qismida turbulentlik kuchli bo'ladi.
5. Ko'proq suv iching
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining hisob-kitoblariga qaraganda, inson uchun sutkalik suv iste'mol qilish me'yori har bir kilogramm vazn uchun 30 millilitrga tengdir. Samolyotda namlikning pastligi va quruq havo bo'lganligi bois teri quruqshashi va yo'tal paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun samolyot bortida suvni ko'proq ichish tavsiya etiladi. Shuni ham unutmangki, qahva, choy va boshqa ichimliklar siydik haydash xususiyatiga ega bo'lib, organizmning suvsizlanishini kuchaytiradi.