Pichoqlar haqida bilishingiz lozim bo'lgan 13 fakt
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-19 12:39:05
- 0
- 0
- 8810
Oshxonaning haqiqiy sohibiga aylanib boryapsiz, u yerda nimalar bo'lishi kerakligi va aksincha, nimalarga o'rin yo'qligidan xabardorsiz. Jumladan, pichoqlarning turlari va ularni qayerda saqlash lozimligini o'rgandingiz. Biroq har qanday fan kabi, pazandalik ham butun hayot mobaynida o'rganib boriladi. Pichoqlar esa bu yo'nalishda muvaffaqiyatga eltuvchi vosita sifatida bir qaragandagina oddiy buyumdek ko'rinadi.
Oliymaqom, qimmatbaho pichoq shohona taomlarni konveyer usulida tayyorlash kafolatini beradi, desangiz adashasiz. Yaxshi pichoqdan biz faqat sifat va o'tkirlikni kutishimiz mumkin, ammo ishning natijasi va xavfsizligi to'la-to'kis o'zimizga bog'liқ. Biz buni tushunamiz va gapirayotganimizda “qo'limni pichoqda kesib oldim”, deymiz, aslo “pichoq o'zini tutolmay menga hujum qildi” emas. Xullas, bunday syujetlarni Stiven Kingga qoldiramiz-da, realist bo'lishga harakat qilamiz: oshxonada tartib va xavfsizlikni saqlash uchun ba'zi qoidalarni bilishingiz va ularga rioya etishingiz lozim.
Faqat maxsus yuzalar
Xontaxta sifatida yog'och, plastik va bambukdan foydalanib, pichog'ingiz uzoq vaqt yaxshi holatda bo'lishini ta'minlaysiz. Mabodo, shisha, metall, tosh va keramika ishlatsangiz, uni keraksiz bir parcha temirga aylantirasiz.
Tig' o'tkir bo'lsin –o'zingizni kamroq kesasiz
O'tmas pichoqlar o'tkirlaridan ko'ra xavfliroq – bu ta'kid bir qarashda ahmoqona tuyulishi mumkin, ammo bu bir qarash yoki eshitishda, xolos. O'zini kesib olish aksariyat mahsulotga haddan ziyod bosim o'tkazganimizdan: tig' o'tmas, biz qattiqroq bosamiz, pichoq tiyg'anadi, buning oqibati esa xayrli emas. Shu bois oshxonadagi dastlabki xavfsizlik qoidasi: pichoqlar doim o'tkir turishiga e'tibor bering.
Tўg'ri kesamiz
Ko'pchilik unutib qo'yadigan haqiqat: stol ustida mahsulot harakatlansin, pichoq emas. Pichoqni barmoq suyaklari bilan ularni yo'naltiruvchi sifatida foydalanib, faqat vertikal tekislikda ishlatib, mustahkam ushlash kerak. Mahsulot esa, o'z navbatida, stolga qapishtirib qo'yilishi kerak.
Avval sinab ko'ring
Pichoq bilan pichoqning farqi bor va bir kishiga to'g'ri kelganini ikkinchi kishi umuman ishlatolmasligi mumkin. Shu bois pichoq xarid qilishdan avval uni sinab ko'ring.
Faqat taom uchun!
Nimani oshxona pichog'ida kessa bo'ladi, nimani yo'q, qanday aniqlaymiz? Buni aniqlashning yo'li oson: o'ylab ko'ring, aqlingiz bo'lsa, kesmoqchi bo'lgan narsangizni tishlagan bo'larmidingiz?
Bir biriga aralashtirmang
Ko'pchilik uylarda go'sht maydalashda ishlatiladigan tishli pichoq bilan uchragan mahsulotni to'g'rab ketaverishadi, bu esa umuman mumkin emas. Pichoqlarning eng ixcham to'plami ko'p maqsadlarda ishlatiladigan bosh-oshpaz pichog'i va sabzavotlar tozalash uchun pichoqni o'z ichiga olishi kerak.
Tishli pichoq arra emas
Tishli pichoq bilan chiroyli qilib baton bo'lagini kesish uchun kichik bir harakatning o'zi yetarli. Balki bu o'quv darrov sizga yuqmas, ammo kelgusida harakatlaringiz o'z natijasini beradi.
Tartibga rioya qiling
Oshxona stoli slesar dastgohidan kam emas: bu yerda ham ҳyech qanday ortiqcha narsa bo'lishi kerak emas.
Rakovinaga pichoq qo'ymang
Rakovinada, yuvuvchi vosita aralashtirilgan suvda qalashib yotgan idish-tovoqlar – ko'pchilik uchun tanish manzara. Ammo pichoqlarga u yerda o'rin yo'қ: o'tkir pichoqning o'zi xavfli, sip-silliq bo'lib turganini esa asti qo'yavering. Joningizni xatarga qo'ymaslik uchun ishlatib bo'lgandan so'ng pichoqni darrov chaying-da, o'z o'rniga joylab qo'ying.
O'ziga qo'yib bering
Vaziyat tinchlik bilan hal etilishini istaysizmi? Unda pichoq tushib ketishga qaror qilgan ekan, o'ziga qo'yib bering (hazil). Yaxshisi, polda yalangoyoq turmaganingizga e'tibor bering.
Katta to'plamlarni xarid qilmang
O'zingiz tanlagan bir juft pichoq kerak-nokerak temir bo'laklaridan iborat pichoq to'plamidan afzalroq.
Qo'shimcha xavfsizlik
Xontaxta harakatlaringiz tufayli stol ustida “sayr” qilmasligi uchun uning tagiga oshxona sochig'i qo'ying.
Tig' bilan to'plamang
To'g'ralgan sabzavotlarni pichoqning qaysi yoni bilan kastryul yoki skovoradaga tashlamoqchi ekanligingizga e'tibor bering –uchlimi yo o'tmas? Birinchi holatda pichoqqa rahmingiz kelsa arziydi – bunaqa munosabatda uzoqqa borishi dargumon. O'zingizni tarbiyalang va doim pichoqni orqa tarafiga to'ntaring.
Manbaa