Mikroto'lqinli pechda isitish mumkin bo'lmagan 11 narsa
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-20 10:01:17
- 0
- 0
- 6908
Ilk mikroto'lqinli pechlar mahsulotni eritish vazifasini bajargan va uning hajmi muzlatgichday bo'lgan, og'irligi esa, deyarli “gorilladay” bo'lgan desak adashmaymiz. Umuman olganda dastlabki mikroto'linli pechlar hozirgi kunda oshxonalarimiz-u, ofislarimizga kirib, mushkulimizni biroz bo'lsada osonlashtirgan qurilmaning bugungi avlodidan tubdan farq qilgan. Shunday qilib, ushbu qurilma yeguliklarimizni bizga bir zumda ortiqcha urinishlarsiz isitib beradi, ammo bir nechta mahsulotlar borki, ularni aslo unda isitib bo'lmaydi. Quyida keltirilgan o'n bir narsani pechda qizdirib yo ovqatdan zaxarlanasiz yoki kuyib qolasiz, hatto yong'in holatlari ham kuzatilishi mumkin. Bizga ogohlantirmagansiz, deya ko'rmang! O'ib chiqing!
Qaynatilgan tuxum
Yuqori chastota tufayli to'qlin tuxumni shunchalik tez isitadiki, uning ichida bug' hosil bo'ladi. Natijada tuxum bo'shab qoladi, shuningdek, bug' tuxum po'stlog'iga bosim beradi. Xullas, mikroto'linli pechda o'zingiz uchun nonushtaga bir juft tuxum tayyorlamoqchi bo'lsangiz, u tozalash ishlari bilan yakunlanadi. Tozakorlik juda uzoq davom etganligidan siz yana bu tajribani sinovdan o'tkazishni istamay qolasiz.
Muzlagan go'sht
Go'shtni doimgiday bir kecha muzlatgich ichida qoldirib eritganingiz ma'qul. Mikroto'linli pechni bu maqsadda ishlatish foyda bermaydi. Balki go'sht bo'lagining bir qavati erir, biroq uning ichidagi muz bo'laklari erimay qoladi. Agarda pechingizda aylanib turuvchi likobchasi bo'lmasa, notekis isish go'shtda bakteriyalar rivojlanish jarayonining boshlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Ko'krak suti
Farzandingiz uchun sutni qaynoq suv solingan kosada isitishga erinib, zamonaviy texnologiya qulayligidan foydalanyapsizmi? Chakki qilibsiz. Gap faqat sutning juda isib yoki yaxshi isimay qolishida ham emas. Gap to'lqinning immun tizimi uchun foydali bo'lgan bir necha xil oqsillarni yo'q qilib yuborishida.
Korobkadagi Xitoy taomi
Agar korobka tutqichlari metaldan bo'lsa, unda biling: metal va O'TCH (o'rta to'lqinli chastota) bir-biri bilan aslo to'g'ri kelmaydi. Siz buni metall-tutqich eriy boshlaganda bilasiz.
Plastik konteynerlar
Biz taomimizni ularda osonlik bilan qizdirib olamiz. Ammo taomni yaxshisi boshqa idishga solgan ma'qul. Chunki plastik konteynerlar tarkibida bisfenol-A estrogeni yoki shunchaki BPA mavjud bo'lib, u isitish paytida ovqatga ham o'tishi mumkin. Bu odatingizni tashlamasangiz keyinchalik u saraton xastaligiga sabab bo'lishi mumkin.
Penopolistiroldan qilingan idishlar
Bunday idishda taom qizitilar ekan, undan zaxarli monomerlar – stilorlar ajralib chiqadi va bu albatta, inson salomatligiga o'z salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.
Likoplarning ba'zi turlari
Agar sizda metaldan ishlangan naqshinkor rasmlari bor likoplar bo'lsa, ularni mikroto'lqinli pechdan uzoqroqda saqlang. Metallning oz miqdori ham yuqorida aytib o'tgan (erish) holatimizga olib kelishi mumkin.
Yo'l krujkasi
Bunday krujkalar odatda termos vazifasini ham o'taydi. Va bu uning tarkibida zanglamas metall borligidan dalolat beradi. Shunday ekan, siz unda tezda choy qizdirib, ichmoqchi bo'lsangiz, unda ham issiq choysiz, ham mikroto'lqinli pechsiz qolasiz qayd bo'ladi.
Bir stakan suv
Agar suv keramika yoki shisha idishlarda pech ichida uzoq vaqt isitilsa, pufaklar hosil bo'lmaydi va natija juda kuydiruvchi suv bo'ladi. Mikroto'lqinli pechda suvni yaxna qilish ko'proq maqsadga muvofiq. Qaynoqdan kuyib qolishni istamasangiz, uni uzoq ammo qisqa bo'linishlar bilan isiting.
Eski krujkalar
Vintaj krujkalar mikroto'lqinli pechlarga moslashtirilmagani aniq, ularning nimadan ishlanganini ham yaxshi bilmaysiz. Shuning uchun u O'TCH bilan o'zaro aloqaga kirishganda o'zidan radiatsiyali fon ajratishi mumkin, ayniqsa, uning tarkibida qo'roshin bo'lsa.
Microwave safe belgisiga ishonmang
Bu qayd isitish paytida idish va mikroto'lqinli pechning zarar ko'rmasligini kafolatlashi mumkin. Biroq idishdan taomni olish paytida o'zingiz kuyib qolishingiz ham hech gap emas. Shuning uchun ehtiyorkorlikni unutmang!