Ro'zg'or uchun 23 maslahat: Ishoning bu haqida hali o'ylab ko'rmagansiz!
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-21 10:53:26
- 0
- 0
- 32088
Yozganlarimizni birin-ketin o'qib, "Voy, nega oldinroq bilmagan ekanman-a?", "Tavba, shunaqa qilsa ham bo'ladimi?", deya hayolingizdan o'tkazishingiz aniq. Demak oshxona uchun foydali maslahatlar berishda davom etamiz. Marhamat 23 xil tavsiya siz uchun.
1. Pishloqni toza va ko'rinishi sifatli turishi uchun uni salafan bilan kesib oling. Kesib olingan salafan bo'lagini yana pishloqning qolgan qismiga kiydirib qo'ying. O'shanda pishlog'ingiz yangidek turadi.
2. Tuxumni uzoq vaqt sifatini o'zgartirmay turishini istasangiz, ularni, avvalo,o'simlik moyi bilan artib chiqing, so'ngra idishga terib, sovutgichga solib qo'ying. Qarabsizki tuxumlarni 3-4 haftagacha bemalol tanovul qilsa bo'ladi.
3. Zanjabilni choy qoshiq yordamida tozalasa bo'ladi.
4. Kesilgan tortning ushoqlari likopchaga tushmasligi uchun uni xuddi shunday qilib, buxanka bo'lagi yordamida, tishkavlagich bilan qistirib qo'yamiz.
5. Shunday pishiriqlar borki, uni tayyorlash uchun bir necha tomchi limon suvi kifoya qiladi. Shunday vaqtlarda limon suvidan oz miqdorini olish zarur bo'lsa, uni tishkavlagich bilan teshing va sekingina siqing. Limonni teshik qismini esa skotch yordamida berkiting va sovutgichga solib qo'ying.
6. Mayanez qoldiqlarini olish uchun, idishga sirka yoki ozgina miqdordagi o'simlik yog'i soling. Qarabsizki, salatingiz uchun mayonez tayyor. Idish ham top-toza.
7. Yangi uzilgan mevalaringiz yaxshi turishi uchun oz miqdordagi sirkali suvga ivitib oling. Shunda mevangiz po'kak bo'lib qolmaydi.
8. Piyoz va sarimsoq piyozlarni teshikchali qog'oz paketlarda saqlang. O'shanda ular mog'or bosmasdan kamida 2 oy davomida yangidek turadi.
9. Kesilgan avokado mevasini tozalangan piyoz bilan bir idishda saqlang, shunda u qorayib qolmaydi. Bundan tashqari yana olma sirkasini avokado ustiga sepib qo'ysa ham yaxshi turadi.
10. Olma va kartoshkani bir joyda saqlang. Chunki olma tarkibidagi etilen moddasi kartoshkaning nish urib, o'sib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
11. Idishdagi shokolad qoldiqlarini olish uchun unga uncha ko'p bo'lmagan miqdordagi issiq sut soling va yaxshilab aralashtiring, qarabsizki, issiqqina shokolad tayyor.
12. Mango mevasini tozalashning yana bir usuli.
13. Ananas mevasini yaxshi va uzoq muddat saqlash uchun uni teskari qilib qo'ying. Eng muhimi uning barglarini uzib olishni yoddan chiqarmang.
14. Kashnichni zar qog'oz (folga)da saqlang. O'shanda undan bir oydan keyin ham foydalansangiz bo'ladi.
15. Yong'oqli moy idishni ham teskari qilib qo'ying. Shunda idishdagi yong'oqlarni olish oson bo'ladi.
16. Bananlar qorayib qolmasligi uchun ular tutashgan qismni skotch bilan bog'lab qo'ying. Ana shunda ular 3 – 5 kungacha qorayib qolmaydi.
17. Sarg'ayib, sifatini yo'qota boshlagan ko'katlaringizni tashlashga shoshilmang. Ularni mayda-mayda qilib to'g'rab, muz idishga soling va ustidan keragicha zaytun yog'i soling. Turli salatlar tayyorlayotganingizda as qotadi.
18. Sovutgichga solishdan oldin salat bargini qog'oz paketda saqlang. Shunda u sifatini yo'qotmaydi va barglari yulib olinganda ham o'rta qismi yangidek turadi.
19. Qotib qolgan chipsi va kreker(pechenyenig bir turi)ni ma'lum muddat mikrovolnovkada isitilsa, ilgarigi yumshoq holiga keladi.
20. Xuddi shu usulda xom pishgan bananlarni pishirib olsa bo'ladi.
21. Pitssa bo'laklarini tova yordamida isitib olsa bo'ladi. Taomning ustki qismidagi yog' uning asl tamini qaytaradi.
22. Knopka yordamida tuxumni teshing va suvda qaynating ana shunda qaynatilgan tuxumni tozalash oson bo'ladi.
23. Tuxumni katta kuch bilan 3-4 daqiqa yaxshilab silkiting, so'ngra uni qaynating, qarabsizki oltin tuxum likopchada tayyor.