Oshxonada asqotadigan 20 ta oddiy maslahat
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-22 11:54:52
- 0
- 0
- 12985
Ehtimol, siz ko'p marotaba onangiz yoki buvingizning oshxonani tutish bo'yicha donoliklari va mahoratlariga qoyil qolgan bo'lsangiz kerak. Axir ular sizga xom tuxumni pishgan tuxumdan uni stol ustida aylantirib ko'rish bilan aniqlash mumkinligini yoki sut qaynatayotganda idish ichiga cho'mich solib qo'yilsa, u toshib ketmasligini o'rgatganlar. Bu barcha ovqat va ichimliklar borasidagi ko'nikmalar tajriba orqali keladi va bugun biz sizlarga tajribada, albatta, sinab ko'rish kerak bo'lgan nazariy maslahat bermoqchimiz. Qanday qilib pishloqni qurib qolishdan saqlash, kechagi keks pishirig'ini yana qumoq-qumoq holga keltirish, bananlarning qorayib qolishiga yo'l qo'ymaslik mumkin? Quyida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo'yicha keltirilgan maslahatlar sizning vahtingiz va nahdingizni tejashga yordam beradi.
Tuxumning yangiligini bilish
Agar siz tuxumning yangiligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, uni suv solingan stakanga soling. Yangi tuxum cho'kadi, eskisi esa cho'kmay, suv ustiga qalқqib chiqadi.
Sabzavotlarning barraligini saqlab qolish
Sovitgichning sabzavotlar solinadigan qutisining tagiga qog'oz sochiq qo'ying. Qog'oz sochiq ortiqcha namlikni yutib oladi va shu tariqa sabzavotlarning tez aynishiga yo'l qo'ymaydi.
Limon sharbatini siqib olish
Agar sizga limon sharbatidan bir necha tomchi kerak bo'lsa, limonni ikkiga bo'lish shart emas. Bo'lingan limon tez qurib qoladi. Buning o'rniga limonni metall ignacha bilan teshib, kerakli miqdordagi sharbatni siqib oling.
Ko'katlarning barraligini saqlash
Ko'katlar bir oygacha o'z barraligini yo'qotmasligi uchun ko'katlarni sellofan paketlarga solib, muzlatgichga qo'ying. Kerak bo'lganda ularni olib, issiq tovaga bir daqiqaga solib qo'ysangiz, ular erib, yana asl holiga qaytadi.
Hasharotlardan holi bo'lish
Un, makaron yoki guruch saqlanayotgan idishga solib qo'yilgan dafna bargi (lavroviy list) unga mita va boshqa hasharotlar tushmasligiga sabab bo'ladi.
Qo'ziqorinlarni shilimshiqdan tozalash
Qo'ziqorinlarni sovitgichga qo'yishdan oldin ular ustidagi shilimshiqdan qog'oz sochiqqa o'rab, holi bo'lish mumkin.
Qotib qolgan kekslarni yumshatish
Kechagi pishirilgan keksni yumshatish uchun uning ustiga ozgincha suv sepib, qog'oz paketga solib, 10 sekundga duxovkaga qo'ying. Suvning bug'lanishi hisobiga u yana yumshoq holga keladi.
Pishloqni qurib qolishdan saqlash
Pishloqni qurib qolishdan saqlash uchun kesilgan yuzasiga moy yoki margarin surtib qo'yish kerak, bu uning ichidagi namlikni saqlab qoladi. Bu usul, ayniqsa, mumsimon po'stloqli qattiq pishloqlarda yuqori samara beradi.
Sabzavotlarning barraligini saqlash
Rediska, selder yoki sabzi barraligini yo'qotsa, ularni muz suv solingan idishga xom kartoshka bo'lagi bilan birga solib qo'ying va sabzavotlar ko'zingizning oldida yana o'z barra holiga qaytayotganining guvohi bo'lishingiz mumkin.
Pechenye yumshab qolmasligi uchun
Qasir-qusur pechenye va uzoq vaqt chaynashni talab qiladigan oziqa mahsulotini turli idishlarda saqlang, yo'qsa ikkinchi mahsulotdagi namlik pechenyeni yumshatib qo'yadi
Bananlar qorayib qolmasligi uchun
Bananlarni yemaguningizgacha bog'idan uzib olmang, alohida-alohida bo'laklangan bananlar tezroq ayniydi.
Tuz qotib qolmasligi uchun
Tuzdonga solingan ozgina guruch donalari tuzning qotib qolishiga yo'l qo'ymaydi. Guruch tuz qotib qolishiga sabab bo'ladigan namlikni o'ziga tortib oladi.
Sariyog'ning hidini saqlab qolish
Sariyog' arzon sotilganda undan ko'proq olib qo'yishdan hech ham cho'chimang, axir siz uni yarim yilgacha sovitgichda saqlashingiz mumkin. Sariyog'ni zich yopiladigan idishga solib qo'ying, shunda sovitgichdagi turli oziq-ovqat mahsulotlarining hidi sariyog'ga o'tirib qolmaydi.
Sutli mahsulotlarni aynib qolishdan saqlash
Tvorog yoki smetana ko'proq saqlanishi uchun ular saqlanadigan idish yoki bankalarni sovitgichga ustki qismini pastga qilib qo'ying. Bunda vakuum paydo bo'ladi va u mahsulotlar mog'orlab qolishiga sabab bo'ladigan bakteriyalar paydo bo'lishining oldini oladi.
Asalni tozalash
Aslida asal hech qachon aynamaydigan yagona mahsulot hisoblanadi. U qotib qolishi yoki xira tusga kirishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Agar u qotib qolgan yoki xira tusga kirgan bo'lsa, uni mikrovolnovkada o'rtacha quvvatda 30 soniya davomida saqlab tursangiz, u yana asl ko'rinishiga keladi.
Makaronlardagi namlikni saqlash
Pishirilgan makaron bo'laklari yopishib qolmasligi uchun ularni germetik paketlarga solib, sovitgichga qo'ying. Keragida ularni isitish uchun qaynab turgan suvga bir necha soniyaga solish kifoya qiladi.
Pishloqni saqlash
Pishloqni muzlatgan holda saqlash mumkin. Yeyilmay qolib ketgan pishloq bo'laklarini qayta o'ramiga solib, sovitgichning muzlatgichiga solib qo'ying. Uni yeyishdan bir kun oldin muzlatgichdan olib, sovitgichning umumiy qismiga qo'ying. Bu usul, ayniqsa, yog'li yumshoq pishloqlarda juda samarali natija beradi.
Qaymoq o'rniga yogurtdan foydalaning
Pishirish davomida yogurt qotib qolishi mumkinligi sababli, qaymoq bo'lmaganda pishirishni talab qilmaydigan taomlarda yogurt ishlatish mumkin. Bunday holatlarda yaxshisi qaymog'i olinmagan sutdan foydalangan ma'qulroq yoki, juda bo'lmasa, sutni yogurt bilan 50 ga 50 nisbatda qo'shish kerak.
Sho'r bo'lib ketgan sho'rvani me'yoriga keltirish
Bir necha soat vaqtni talab qilgan sho'r bo'lib ketgan sho'rvadan alamliroq narsa bo'lmasa kerak. Ortiqcha tuzni yutib olishi uchun sho'rvaga xom kartoshka yoki olmaning bo'laklarini soling, sho'rvani past olovga 10 daqiqaga qo'yib, so'ngra solgan kartoshka yoki olma bo'laklaringizni suzib oling. Agar shunda ham sho'rva sho'rligini yo'qotmasa, unda unga bir osh qoshiq shakar qo'shib yuboring. Agar shakar ham foyda bermasa, unda olma sirkasidan biroz qo'shib yuborish mumkin. Agar bularning barchasi ham yordam bermasa, yana bir usul qoladi: sho'rvaga suv yoki bulon qo'shib yuboring.
Manbaa