Yulduzlarning sevimli taomlari
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-26 17:17:30
- 0
- 0
- 8578
Mashhurlar orasida ham pazandalarini uchratish mumkin. Sharqda azaldan pazandachilik mahorati an'ana sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Lekin g‘arb mamlakatlari aholisi, ayniqsa, gollivud yulduzlari restoranlarda ovqatlanishni va uyda shaxsiy oshpazi qo‘lidan taom yeyishga odatlanishgan. Shunday bo‘lsada, mashhurlar orasida ham pazandalarini uchratish mumkin. Masalan, Jenifer Lopez va Juliya Robertslar yoshlikdan uyda o‘zi taom tayyorlashga o‘rginishgan. So‘nggi kunlarda gollivudning eng qimmat akstrisasi Jiluya Roberts kinolardan kam ko‘rinadigan bo‘lib qoldi, zero bor vaqtini oila davrasida, oshxonada va farzandlari mehr berishga sarflaydi.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra ular farzandlarini Makdonalds kabi tezpishar taomlar bilan ovqatlantirmas ekanlar. Uyida uch nafar oshpaz ishlashiga qaramay, o‘zi ham oshxonada faol yordam beradi.
“Har payshanba men tushlikni o‘zim tayyorlayman, bu kun uyimiz mehmonga to‘ladi — ota-onalarmiz, do‘st-birodarlarimiz yig‘iladi va men haqiqiy oshpazga aylanaman. Oilamizning an'anaviy taomlarini tayyorlayman” deydi aktrisa.
Shunday qilib, Juliya Robertsdan maxsus salat:
Kerakli masalliqlar: 2 dona ko‘k olma, 1 dona bodring, 5 dona ko‘k piyoz, 400 g krevetka (kurka, mol go‘shti yoki tovuq go‘shti solsa ham bo‘ladi), zaytun moyi, murch va bir dona limon.
Bodring va olmaning po‘stlog‘i tozalanib, kubik shaklida to‘g‘raladi, limon bo‘laklarga kesiladi, ko‘k piyoz mayda to‘g‘raladi. Barcha masalliqlar aralashtirilib, qaynatilgan krevetkalar solinadi va zaytun moyi qo‘shilib aralashitiriladi. Dasturxonga tortishdan avval murch sepiladi.
Bred Pittning sobiq turmush o‘rtog‘i Jenifer Eniston yoshlik paytidan tayyorlab keladigan o‘zining sevimli taomi retsepti bilan o‘rtoqalashadi.
Ushbu kokteyl ozish istagida yurganlarga juda qo‘l keladi, tanani tetiklashtirib, qon almashinishin yaxshilaydi. Tarkibidagi kivi qon-tomirlarni sog‘lomlashtiradi, ananas tarkibidagi bromelayn moddasi hazmi taomni yaxshilaydi.
Shunday qilib, kokteylni tayyorlash uchun: 300 g ananas, 200 g ismaloq, 2 dona kivi mevalari kerak bo‘ladi. Ananas va kivi yuvilib, po‘stlog‘idan tozalanadi va yirik bo‘laklarga to‘g‘raladi. Ismaloq ham yirik bo‘laklarga kesilib, barcha mahsulotlar blenderda maydalanadi. Ismaloq tarkibidagi ko‘kimtirlik magniy hamda minerallar bilan boy va yurak ish faoliyatini yaxshilaydi. Ular proteinlarni faollashtirib, miya faoliyatini tezlashtiradi.
Futbol yulduzi Devid Bekxam go‘sht pishirishni yaxshi ko‘rishini aytadi va har safara uch nafar o‘g‘illariga namunali ota bo‘lib, fartukni taqqan holda go‘shtdan turli xil tansiq taomlar tayyorlashini aytadi.
Mashhur futbolchining maxsus taomi — kivida dudlanib, qovurilgan yosh buzoq go‘shti. Ushbu taomni tayyorlash uchun 2 kg buzoq go‘shti, 500 g kivi, tuz va murch kerak bo‘ladi.
Kivi mevalari po‘stlog‘idan tozalanib, mayla bo‘lakchalarga kesiladi. Go‘sht yuviladi va usti tilib chiqiladi. Har bir tilingan yoriqlarga tuz va murch sepilib, kivi bo‘lakchalari solib chiqiladi.
So‘ngra ustidan kivi sharbati surtilib, usti folga bilan yopiladi va bir kechaga marinadlanishga qoldiriladi. Ertalab go‘sht bo‘lagi gaz pechida 40 daqiqa davomida pishiriladi.
Anjelina Joli esa faransuz oshxonasini afzal ko‘radi. Ehtimol, tomirlaridan fransuz qoni oqib turganidadir... Bu aktrisa piyozli sho‘rvani juda yaxshi ko‘radi. Shirinlik va yog‘li go‘sht iste'molidan allaqachon voz kechgan. Piyozli sho‘rvani quyidagicha tayyorlaydi.
Kerakli masalliqlar: 6-8 dona piyoz, 3 oshqoshiq sariyog‘, 3 oshqoshiq un, go‘sht va sabzavotlarning qaynatilgan sho‘rvasi, 1 dona lavr bargi, murch, 1,5 stakan pishloq va bir dona non bo‘lagi.
Tayyorlash uchun tovada sariyog‘ qizdirib olinadi va mayda to‘g‘ralgan piyoz qovuriladi. Piyoz tilla tusga kirgach, un solib, aralashtiriladi. So‘ngra ketidan sho‘rva quyiladi. Yarim soat qaynab chiqqach, lavr bargi , tuz va murch solingancha yana yarim soat qaynatiladi. Pishgan sho‘rva ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepilib, qotgan non solinadi yoki non to‘g‘raladi.
Jolining turmush o‘rtog‘i Bred Pitt esa, aksincha, yarim tayyor mahsulotlar hamda qovurilgan taomlarni yaxshi ko‘radi. Masalan Oskar sohibi maxsus pitssa retsepti bilan baham ko‘radi.
Pitssani tayyorlash uchun: pitssa xamiri, 1 stakan tomat sharbati, 500 g kolbasa, 200 g dudlangan kolbasa, 50 g yog‘li go‘sht bo‘lagi, 1 stakan pishloq.
Pitssani tayyorlash juda oson. Buning uchun xamir yoyilib, ustidan tomat sharbati quyiladi, go‘sht va kolbasa bo‘laklari taxlanib, ustidan pishloq supiladi va qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishiriladi.
Xo‘randa sirasida Britney Spirs, Yeva Mendes, Merayya Keri va peris Xilton kabi yulduzlarni aytish mumkin. Ular taomni katta ishtaha bilan tanovvul qilib, pishirishga xushi yo‘q. Masalan, Britney Spirs so‘znggi paytlarda tezpishar taomlar iste'mol deb ortiqcha vazn yig‘ayotgani sababli faqat uyda buvisi pishirgan ovqatlarni iste'mol qilmoqda. Yeva Mendes esa qovurilgan kartoshka jo‘jani katta ishtaha bilan yeydi.
Xushovoz sohibasi Merayya Keri esa italyancha pitssa xo‘randasi va qomatini saqlash uchun sevimli taomidan voz kechishga majburligini tan oladi.