Qanday qo'lqop tanlaganimiz yaxshi?
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Moda va uslub
- 2015-10-27 12:53:30
- 0
- 0
- 7515
Qishning sovuq kunlarida issiq junli qo'lqop tanlagan yaxshi. Bu qo'lqoplar moda uchun emas, faqatgina sovuqdan himoya vazifasini bajaradi. Bu aksessuar kurtka va palto bilan kiyiladi.
Havoning iliq kunlarida trikotaj hamda yungdan tikilgan qo'lqoplarni tanlagan ma'qul. Bu aksessuarni kalta yoki tirsakkacha tikish mumkin. Bu inson qiyofasiga faqatgina ko'rk qo'shadi.
Ob-havoning
o'rtacha kunlarida kiyiladigan bir qancha modalar uyi o'zining yangi
dizaynerini taqdim etdi. Masalan, "Paco Rabbana” modalar uyi yangi g'oya
asosida butun dunyo bo'yicha o'zining terili qo'lqoplarini taqdim etdi.
"Chanel” modalar uyi esa gul hamda turli rangdagi bantiklar bilan
bezatilgan qo'lqoplarini taqdim etdi.
Bazm, tug'ilgan kun, to'y-hashamlarda qizil yoki qora teriga yaqin bo'lgan qo'lqoplarni kiygan ma'qul. Bu aksessuar yordamida siz o'ta zamonaviy inson qiyofasida namoyon bo'lasiz.
Bahor faslida moda olamiga qiziqadigan hamda qo'lqop kiyishni xush ko'radiganlar, albatta, och, uzun hamda gulli qo'lqoplarni tanlagani ma'qul.