Qanday narsalarni birga yeb bo’lmaydi?
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-27 13:23:24
- 0
- 0
- 10141
Ko’pchiligimiz zamonaviy ovqatlanishga moslashib boryapmiz. Ayniqsa, kartoshka yoki makaron mahsulotlardan tayyorlangan garner ustiga kotlet qo’yib tayyorlanadigan taomlarni ko’p yeymiz.
Ammo bunday taomni birgalikda qo’shib tanovul qilmaslik kerakligini bilasizmi? Chunki go’sht oqsil moddasiga boy. Oqsil kartoshka va xamirdan tayyorlangan mahsulotlarda ham bisyor. Agar bunday tarkibli bir vaqtning o’zida oshqoznga tushsa, ular bir-biri bilan janjalashib, hazim tizimi ishini qiyinlashtirib yuboradi. Yaxshisi bir hil tarkibli bunday mahsulotlarni alohida yeyishga harakat qiling.
Sutni hech narsa bilan aralashtirmang.
Agar yodingizda bo’lsa bir stakan sutning oldiga bir bo’lak non qo’yilar edi. Bu yaxshi nonushta sanalsa-da, lekin afsuski, foydali emas. Sut, asosan, ertalab yoki kechasi yotishdan oldin ichiladigan mahsulot sanaladi. Uni hech narsaga aralashtirmasdan, faqat o’zini ichish lozim. U hazimni qiyin mahsulot nomini olganiga sutni boshqa yeguliklar bilan aralashtirib istemol qilganimiz sabab bo’lgandir ehtimol