Gullarni uzoq saqlashga yordam beradigan 10 maslahat


Hech bir narsa yangi uzilgan gullar kabi xonaga yoqimli ifor va tarovat bahsh etolmaydi. Mazkur maqolada ularni yangi uzilgandagi holatini uzoqroq saqlash bo‘yicha 10 ta maslahat bilan tanishishingiz mumkin.

Sevimli insondan atirgul, muxlisdan moychechak guldastasi, bog‘dan yangi uzilgan sallagul va lolani uzoq va yaxshi holda saqlashga yordam beruvchi foydali maslahatlar bor.

Ular bilan tanishamiz:

1. Faqat yangi gullarni sotib oling

Agar atirgul xarid qilayotgan bo‘lsangiz, ular qanchalik yangi uzilganligini tekshiring. Buni poya tugab, g‘uncha ochiladigan joyini bosib ko‘rib amalga oshirish mumkin. Agar gulning bu qismi yumshoq bo‘lsa, demak atirgul eski bo‘ladi. Agar qattiq bo‘lsa, u holda gul yangi uzilgan.

2. Gullarni suvsiz qoldirmang

Suv gullar hayotini qo‘llab-quvvatlaydi. Gul qanchalik ko‘p muddat suvsiz qolsa, u shunchalik kam saqlanadi. Shuning uchun gul sotib olganingizda ular ko‘proq yashashini istasangiz, ushbu uch maslahatga quloq tuting:

Guldastani maxsus suvli idishga solib berishni iltimos qiling.

O‘zingiz bilan suv to‘ldirilgan idish oling va gulni sotib olishingiz bilan unga solib qo‘ying.

Poyaning asosiy qismini nam qog‘oz sochiqqa o‘rab oling.

3.Chirigan barg va yaproqchalarni olib tashlang

Guldondagi suv toza va sof holda saqlanishi uchun barcha irigan barg va yaproqchalarni olib tashlang. Ayniqsa, suvning ichida turadigan poya qismiga ahamiyat bering.

Suvdagi barglar gullar uchun zararli bo‘lgan bakteriyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, barglar suvga tushganida suv xiralashadi va undan yoqimsiz chirigan hid keladi.

4. Poyalarini tez-tez kesib turing

Gullarni suvga solishdan oldin poyalar asosiga diqqat bilan qarang. Balki ulardan ba'zilari so‘lib qolgandir? Bunday joylarni kesib tashlash kerak bo‘ladi.

Gulni taxminan 3-5 sm. ga kaltalashtiring. Buni oqib turgan suv ostida amalga oshiring yoki poyani suv to‘ldirilgan idishga soling. Bu havo pufakchalari o‘suvchi to‘qimalarni to‘sib qo‘ymasligi va gul tomonidan suvning so‘rilishiga to‘sqinlik qilmasligi uchun zarur. Gulni 45 gradus burchak ostida kesish kerak, bu gulning so‘ruvchi maydonini oshiradi.

Gulni har kuni yoki kun ora 1 sm. kesib turish - yaxshi fikr. Bu gullarga oziq moddalar va suv uzluksiz ravishda yetib borishini ta'minlaydi.

5. Gullarni kesishda o‘tkir pichoqdan foydalaning

Qaychilar ko‘p hollarda poyani o‘ta qattiq siqib qo‘yadi, bu esa to‘qimalarning, bu esa to‘qimalarning zararlanishiga olib keladi. Shuning uchun bunday holatda yaxshi charhlangan pichoqdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qalin poyalar uchun esa maxsus bog‘ qaychisidan foydalanish kerak.

6. Gullarni faqat toza guldonga soling

Gullarni har doim sovun va issiq suvda yuvilgan toza guldonga solish o‘ta muhim sanaladi. Bu gullar uchun zararli bo‘lgan barcha mikroorganizmlarni o‘ldiradi.

7. Suvini tez-tez almashtiring

Ba'zi gullar poyasi kesilganidan keyin ham o‘sadi. Misol uchun, anemonlar har kuni ko‘p suv ichish va o‘sishda davom etadi.

YUqoridagi gortenziyalarga e'tiboringizni qarating. Ular bir sutkada guldondagi suvning to‘rtdan uch qismini ichgan.

Biz guldonga vodoprovoddan keladigan suvni quyishga odatlanganmiz. Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q, biroq gullar hayotini uzaytirishni istasangiz, guldonga tuzlardan tozalangan suv quying. Uni jo‘mrakdan keluvchi suvni filtrlash orqali olish mumkin.

8. Gullarga “ovqat” bering

Gullar uzib olishi bilan ular yerdan oziqlantiruvchi moddalarni olmaydi. Agar ular hayotini uzaytirishni istasak, bu haqida qayg‘urishimiz kerak.

Har qanday gul do‘konidan yangi uzilgan gullarni saqlash uchun maxsus kukun sotib olish mumkin. Oziqlantiruvchi kukunga biroz osh sodasini (bir litr suvga ¾ kichikina qoshiqchada) qo‘shish mumkin. Bu suvni sof va toza holda saqlashga yordam beradi va gullar uchun zararli bo‘lgan mikroorganizmlar va bakteriyalarning paydo bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi.

Biroq soda miqdorini oshirib yubormang.

9. Gullarga suv seping

Deyarli barcha gullar namlikni xush ko‘radi, shuning uchun ularga kuniga 1-2 mahal suv sepib turish kerak.

10. Gullarni salqin joyda saqlang.

Gullar salqin joyda uzoqroq saqlanadi. Ularni tunda o‘sha joyga olib boring va ularni kamin, batareya, isitish moslamalari va quyosh nurlaridan uzoqroq bo‘lgan joylarda saqlang.


Harorat ham gullar uzilayotgan vaqtda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar buni o‘zingiz amalga oshirsangiz, buning uchun havo salqinroq bo‘lgan payt – tongni tanlang.

Qo‘shimcha maslahatlar

YUqoridagi ro‘yxatdan o‘rin olmagan qo‘shimcha maslahatlar ham bor. Ular halqqa tegishli maslahatlar bo‘lib, shuning uchun ularni tanishib chiqish maqsadida qo‘shimcha qilyapmiz.

Suvga aspirin yoki sirka qo‘shish orqali gullar hayotini uzaytirish mumkinligi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Biroq undan-da qiziq uslub bor - sodali suv. Guldonga gazli suv qo‘shsangiz, gullar ikki haftagacha ham o‘zining chiroyini yo‘qotmaydi (buni qo‘llab ko‘rganlar fikriga ko‘ra). O‘zim sinab ko‘rmaganman. Agar bu usulni qo‘llab ko‘rgan bo‘lsangiz, fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Gullarni saqlashda guldonga solib qo‘yilgan oddiy mis tangalar ham yordam berishi mumkin. Mis oksidlovchi modda vazifasini bajaradi va zararli mikroorganizmlar paydo bo‘lishini sekinlashtiradi.

Lolalar uchun yana bir maslahat. Poyasini muzdek suvga solish va har kuni ertalab 1 sm. ga kaltalashtirib turish gullarni uzoq saqlashga yordam beradi.

Demak, sizga sovg‘a qilingan guldastalarni uzoqroq saqlash bo‘yicha maslahatlar to‘plamiga ega bo‘ldingiz. Ular yordamida sevgan gullaringiz umrini uzaytirish imkoniga egasiz. Bu borada erishgan yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishishni unutmang!


Teglar: dizayn