Hiqichoqdan xalos bo‘lishning 9 usuli
- Muallif: Malika
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-11-04 17:43:41
- 0
- 0
- 6471
Afsuski, hiqichoqdan qutulishning shifokorlar yozib berishi mumkin bo‘lgan yagona retsepti yo‘q. Shu tufayli bunday hollarda xalq tabobatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu usullar shunchalik oddiyki, ularni nafaqat uy sharoitida, balki ishga ketish yo‘lida yoki shahar tashqarisiga sayohat chog‘ida ham qo‘llash mumkin.
- Nafasni tutib turing
Ushbu oddiy usulni nafaqat xalq tabiblari, balki shifokorlar ham tavsiya qiladi.
- Nordon narsa yeng
Qizilo‘ngachga tushadigan kislota hiqichoqni “kesadi”, deb hisoblanadi. Bunda albatta me’yorni saqlash lozim.
- Burunni barmoqlar bilan qising
Burunni barmoqlar yordamida qisib turib, bir stakan suvni kam-kamdan iching.
- Qand iste’mol qiling
Imkoniyatingiz bo‘lsa, bir qoshiq shakar yeb yuboring (uni xohishga qarab asal bilan almashtirish mumkin).
- Sizni qitiqlashlarini so‘rang
Yoningizda dugona yoki opa-singillaringiz bo‘lsa, ulardan sizni qitiqlashlarini so‘rang. Bu ayniqsa, qitiqlashdan qo‘rqadiganlar uchun qo‘l keladi.
- Tilingizni torting
AQSh sobiq prezidenti Kennedining shaxsiy shifokori o‘z bemoriga hiqichoqdan qutulishning quyidagi usulini taklif etgan: tilni ushlab, bir necha soniya davomida uni tortib turish.
- Chuqurchani bosing
O‘mrov suyagi ko‘krak suyagi bilan birlashgan joydagi chuqurchani bir necha soniya davomida bosib turing.
- Sizni qo‘rqitishlarini so‘rang
Hiqichoqdan qutulishning eng ommabop usuli — qo‘rqish eng samaralisi hamdir.
- Barmoqlarni yordamga chaqiring
Hiqichoqni to‘xtatish uchun chap qo‘ldagi bosh barmoqni o‘ng qo‘lning jimjilog‘iga, o‘ng qo‘l bosh barmog‘ini esa chapjimjiloqqa bosib turing.