Ba'zi turdagi baliqlarga o'ziga xos ishlov berish
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-11-18 14:41:57
- 0
- 0
- 7148
Sudak. Sudakka (va boshqa okun oilasidagi baliqlaiga) ishlov berish qattiq yelka suzg'ich qanotlarini ajratishdan boshlanadi, chunki ular kishi qo'liga kirib uzoq vaqt og'riq berib, yiringlanuvchi jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Suzg'ich qanotlari yelkasining ikki tomonidan go'shtigacha botirib kesib olinadi. Qolgan suzg'ich qanotlari ham shu usulda ajratiladi.
Lin. Usti qattiq yopishgan mayda tangachali, tozalanishi qiyin bo'lgan shilimshiq modda bilan qoplangan. Shuning uchun uni qaynoq suvga biroz botirihb (20—30 sekund), so'ng darhol sovuq suvga solinadi. Suvdan olinib, taxtachaga qo'yilib, ustidagi shilimshiq modda, tangachalari pichoq yordamida qiriladi. Suzg'ich qanotlari, ichak-chavoqlari ajratiladi, yuvilib, suvi silqitiladi.
Qalqonbaliq. Baliqning ochiq rangli tomonidan ustidagi tikanaklari tozalanadi. Boshi oyquloq qopqog'i izi bo'ylab burchak ostida kesib ajratiladi va hosil bo'lgan teshikdan ichak-chavoqlari olib tashlanadi. Suzg'ich qanotlari ajratihb, yuviladi, suvi silqitiladi. Baliqning qora terisi shilib tashlanadi, ko'ndalangiga kesilib, porsiyalarga taqsimlanadi. Baliq tozalanishini osonlashtirish uchun uni ishlov berishdan awal 1—2 minut qaynoq suvga sohb olish mumkin.
Navaga. Navagani muzlatilgan holda ishlovdan o'tkazish mumkin. Bu baliqning o't pufagi qorin terisiga yaqin joylashganligi sababh ishlovda ehtiyotkorlik talab qilinadi, qorin terisi kesihb o't pufagi zararlansa go'shtining mazasi taxir bo'Ub qoladi. Shuning uchun mayda navaga tangachalaridan tozalanib, ostki jag'idan kesihb, hosil bo'lgan teshikdan ichaklari olib tashlanadi. Bunda faqat baliqning uvuldurug'i va ich yogii qoldiriladi. Keyin esa suzg'ich qanotlari ajratiladi, yuvib, suvi silqitiladi.
Yirik baliqlarning boshi kesilib, hosil bo'lgan teshikdan ichak-chavoqlari bilan birga uvuldurug'i va ich yog'lari olib tozalanadi. Suzg'ich qanotlari ajratihb terisi shilib olinadi, yuvib, suvi silqitiladi va porsiyalarga taqsimlanadi.
Treska. Boshsiz, ichak — chavoqsiz kelgan treska yoki piksha tangachalaridan tozalanib, suzg'ich qanotlari ajratiladi, qorin ichki terisidagi qora yupqa teri shilinib, yuviladi, suvi silqitilib, porsiyalarga taqsimlanadi.
Salaka, kilka, xamsa. Bu bahqlar saralanib katta-kichiklarga ajratiladi, yuvib, boshi, ichak-chavog'i dumi va ba'zida umurtqa suyaklari ajratihb, yana yuviladi.
Cho'rtan baliq. Tangachalari tozalanadi, boshi kesihb, ichak-chavog'i, suzg'ich qanotlari ajratiladi, yuvib, suvi silqitilib, porsiyalarga taqsimlanadi. Kotlet massasiga ishlatish yoki butun holda qiyma tiqib ishlatish uchun terisi «paypoq yechish» usulida shilinadi.
Qilichbaliq. Bu baliq asosan boshsiz, tangasiz, ichak-chavoqlari ajratihb butun yoki bo'laklarga bo'linib, muzlatilgan holda keltiiiladi. Suvda yoki havoda muzdan tushirilib, umurtqa suyagi bo'ylab yupqa qora parda olib tashlanadi. Suzg'ich qanotlari ajratiladi.
Agar porsiyalarga bo'lish kerak bo'lsa, to'g'ri burchak ostida kesib suyakli terili filega ajratiladi. Baliq boshi, ichak-chavoqlari chiqiti 25% ni tashkil qiladi.
Kumush rangli xek. Bu bahqning qorni ichidagi qora yupqa pardasi, olib tashlanadi, mayda tangachalari tozalanadi, dag'al terisi shilib olinadi, boshi kesiladi. Yiriklari dumaloq holda kesihb, maydalari butun holda ishlatiladi.
Marinka. Bu baliqni bo'laklarga taqsimlashdan awal qorni ichidagi zaharli qora pardasi olib tashlanadi.
Dengiz tili. Bu baliq tashqi ko'rinishidan qalqonbaliqni eslatadi. Dum tomonidan terisi kesihb bosh tomoniga qarab tortib shihb olinadi. Ichak-chavoqlarini ajratishda awal bo'ynidan kesib boshi ajratiladi, so'ng qorin terisi bilan birga shihb olinadi.
Stavrida. Usti teriga qattiq joylashgan tangachalardan iborat bo'lgani uchun uni tozalashdan awal qaynoq suvga biroz botirib olinadi. Tuzlangan seld. Qorni yorihb, ichak-chavoqlari ajratiladi, qorin ichki qora pardasic&n tozalanib, yuviladi, dumi va boshi kesiladi. Umurtqa suyagi bo'ylab terisi uzunasiga kesihb, bosh tomonidan dumiga qarab tortib terisi shilinadi. Umurtqa, qovurg'a suyaklari ajratihb sof file holigacha isMovdan o'tkazish mumkin.
O'ta tuzi ko'p seldni sovuq suvda, achchiq choyda bo'ktirib tuzini ketkazish mumkin. Choy tarkibidagi dubil mahsuloti baliq sifetimyaxshilashga yordam beradi. Bahq sifatini yanada yaxshilash uchun uni s^da bo'ktirish lozim.