Dasturxonga meva kesib qo‘yish usullari
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-11-19 15:29:38
- 0
- 0
- 15779
Chiroyli shakl berilgan mevalar dasturxon ko‘rkiga yanada ko‘rk bag‘ishlaydi. Umuman olganda, bu qiyin ish emas, faqat ba’zi qoidalarga rioya qilish kifoya.
- Meva tanlashda yangi uzilganligi, shikast yetmaganligi va ezilmaganligiga e’tibor bering, aks holda ulardagi dog‘ va g‘adir-budur qismlar yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi.
- Kesishdan avval mevalarni yaxshilab yuvib, artishni unutmang, ular ho‘l bo‘lmasligi kerak.
- Mevalarni mehmonlar kelgach, dasturxonga tortish oldidan kesgan ma’qul, chunki bo‘laklangan mevalar tezda qorayib qoladi.
- Meva kesishda juda o‘tkir pichoqdan foydalanish maqsadga muvofiq.
- Kesilgan mevalarga ishtahani ochuvchi ko‘rinish berish uchun ularga jelatindan tayyorlangan jele surib chiqish mumkin.
- Idish to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim, u oppoq rangda bo‘lgani ma’qul.
Quyida esa mevalarni dasturxonga tortish usullaridan ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.