Yormalarni pishirishga tayyorlash
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-11-20 12:18:06
- 0
- 0
- 11273
Yormalar pishirishdan avval saralanib, oqlanmagan yoki bo'linmagan
donalardan tashqari mahsulotlardan va moddalardan tozalanadi, elakda
elanib maydasi ajratiladi.
Yormalarni pishirganda yopishqoq bo'lib
qolishi va noxush mazasini yo'qotish uchun ularni yuvish kerak bo'ladi.
Ayniqsa, yormalardan so'kda taxir maza bo'lganligi sababli ularni
yaxshilab yuvish kerak.
Yormalar 2— 3 martadan suvi almashtirilib, so'k,
guruch, arpa awal iliq, so'ng issiq suvda yuvilishi, suli esa faqat
iliq suvda (1 kilogrammga 2—3 litr suv hisobida) yuvilishi kerak.
Grechixa yormasini (butun yoki bo'lingan holdagisi) yuvmaslik kerak,
chunki yuvilgan yormadan tayyorlangan bo'tqa mazasi, quyuq-suyuqligi,
xushxo'rlik darajasi, ko'rinishini yo'qotadi. Umumiy ovqatlanish
korxonalariga bunday yormalar xom holda yoki gidrotermik (tez pishuvchi)
ishlovdan o'tkazib keltiriladi. Gidrotermik ishlovdan o'tgan yorma tez
pishish xususiyatiga ega bo'ladi.
Xom grechixa yormasi pishirishdan
oldin qovuriladi, chunki qovurilgan yorma xushxo'r va tez pishuvchi
xossaga ega bo'ladi. Tovaga 4 sm qalinlikda yorma solinib, 110—120°C li
qovurish shkafida och qo'ng'ir ranggacha qovuriladi. Qovurish jarayonida
yormani vaqti-vaqti bilan aralashtirish lozim.
Manna yormasidan donador
bo'tqa tayyorlash kerak bo'lsa, awal protivenga solinib, och qo'ng'ir
rangga kirguncha qovuriladi.