Tibbiyot xodimlari qishda, albatta, yeyilishi lozim bo‘lgan ho‘l mevalar haqida ma'lumot berishdi. Quyida keltirilgan darmondori manbalarining kasalliklardan saqlanish va immunitetni oshirishdagi o‘rni beqiyosdir.

1. Xurmo

Uning to‘q sariq rangi tarkibidagi ko‘p miqdordagi beta-karotindan darak berib turibdi. Bu modda A vitamini hosilasi bo‘lib, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, o‘pka va bronxlardagi hujayralar ishini faollashtiradi.

Yo‘talni yumshatish uchun xurmoli sutli kokteyl (blenderga bir stakan sut va tozalangan xurmoni solib aralashtiriladi) iste'mol qiling.

Shuningdek, xurmo nikotin kislotasi (RR vitamini)ga boy bo‘lib, u charchoqni yo‘qotadi, depressiyaga qarshi kurashuvchi tabiiy garmon serotonin ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.

Undagi o‘simlik shakari yurak uchun koni foyda bo‘lib, qomatga yomon ta'sir ko‘rsatmaydi. Myunxen universiteti olimlari har kuni 1-2 dona xurmo yeyish gipertoniyaning boshlang‘ich pallasida hech qanday dori-darmonsiz qon bosimini me'yorlashtirishini ta'kidlashmoqda.

2. Qishki olmalar

Sovuqqa chidamli olma va limon kislotasi modda almashinuviga ta'sir ko‘rsatadi. Sovuq kunlari ertalab bir bo‘lak antonovka (olma navi) solingan choy ichilsa, organizm tezroq uyg‘onadi. Bu olma me'da va ichak faoliyatini ham yaxshilaydi.

Qishki olmalar tarkibida ko‘p miqdorda yod ham saqlanadi. 5-6 olma mevasi bu elementga bo‘lgan kunlik zaruratni qoplaydi. Sovuqqa nisbatan sezuvchanlik oshishi qalqonsimon bez faoliyatida muammolar borligi, mana shu mikroelement yetishmayotganining alomatidir.

Antonovka qishki vitaminlar yetishmasligi (avitaminoz)da ham qo‘llaniladi. Qahratonda boshqa meva va sabzavotlarda vitaminlar ko‘rsatkichi 30-40 foizgacha tushib ketganda ham, mazkur olma navi S vitaminining 90 foizini saqlaydi.

3. Anor


Kuniga bitta anor yeyish yoki bir stakan anor sharbatini ichish infeksion kasalliklardan keyin qonni tozalashning eng a'lo usuli hisoblanadi. U o‘zida qizil qon tanachalari — eritrotsitlar ishlab chiqarilishini stimullashtiruvchi fermentlarni saqlaydi.

Anorning tish qamashtirar ta'mi bronxit va pnevmoniya paytidagi ortiqcha namlikning yo‘qolishiga xizmat qiladi. Shuningdek, me'da osti bezlari ishiga ham ko‘shmaklashadi.

4. Greypfrut

Bu sitrus meva dekabrda pishib yetiladi va uni yoz o‘rtalarigacha saqlasa bo‘ladi. Immunologlar qishda har kuni bitta greypfrutning yarmini shamollash infeksiyalari profilaktikasi yo‘lida iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Greypfrut siydik haydovchi xususiyatga ega. Arterial bosimni tushirishga yordam beradi. Gipertoniyada ovqatdan 20-30 daqiqa oldin ¼ stakan greypfrut sharbatini ichish lozim. Shuning barobarida, bu meva bromelin moddasini ham mujassamlashtirgan bo‘lib, u yog‘larni parchalashga ko‘mak beradi.

Transportda behuzur bo‘lasizmi? Unda aptekadan greypfrutning efir yog‘ini sotib oling. U nafasni yengillashtirib, ko‘ngil aynishi va bosh aylanishini qoldiradi.

5. Klyukva

Agar sizni sovuq urgan bo‘lsa, botqoqlikning ushbu rezavor mevasidagi S vitamini sizga davo bo‘ladi. Shuningdek, olimlar klyukva kislotasi E. Coli sinfi mikroblarga qarshi antibiotik sifatida harakat qilishini ham aniqlashgan. Ma'lumki bu guruh bakteriyalari jigar yallig‘lanishi, siydik pufagi, infeksion gastroenteritni chaqiradi.


Teglar: salomatlik