Mahsulot sifatiga qo'yiladigan talablar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-11-25 12:01:35
- 0
- 0
- 8896
Pishirishga tayyor go'sht mahsulotlarini saqlash muddatlari.
Pishirishga tayyor go'sht mahsulotining ustki qismi shamolda qurib
qolmag rangi, hidi yangi go'shtga o'xshash bo'lishi lozim. Go'sht yuzida
suyakdan oqq qon izlari, paylari, kemirchak suyaklar qoldig'i
bo'lmasligi kerak.
Cho'chqa go'shti to'qimasida yog'liqlik darajasi 30%dan va
birlashtiruvchi to'qimasi 5% dan, qo'y va buzoq go'shtida bu to'qimalar
miqdori 10% dan oshmasligi kerak.
Porsiyalangan pishirishga tayyor mahsulot tayyorlashda go'sht to'qimasi
ko'ndalang holda kesilishi kerak. Qiymadan tayyorlangan pishirishga
tayyor mahsulotlar usti bir xilda urvoqqa belangan yorilmagan,
uvalanmagan bo'lishi lozim. Mahsulot ko'ndalangiga kesilganda o'ziga xos
bir xil ko'rinishda, ziravo yangi go'sht hidiga ega bo'hshi kerak.
Qiymali pishirishga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda OST—49121—78
davlat standard talabiga javob berishi kerak. Bunday mahsulotlarda
kuygan, buzilgan holatlar bo'lsa, ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlar harorati 6°C dan yuqo
bo'lmagan sharoitda saqlanadi. Yirik bo'lak pishirishga tayyor
mahsulotlar temir tovaga bir qator terilgan holda 48 soat mobaynida
saqlanishi mumkin. Porsiyalanga pishirishga tayyor mahsulotlar temir
tovaga 30° li burchak ostida bir qator terili 36 soatgacha, urvoqqa
belanganlari esa 24 soatgacha mayda bo'lak pishirishga tayyor
mahsulotlar temir tovaga qalinligi 5 sm dan oshmagan holda taxlanib, 24
soatgach tuz va ziravor solinmagan qiyma esa shu ko'rinishda 6
soatgacha, qiymali kotlet massasi un yoki urvoq sepilgan temir tovaga
bir qator terilgan holda harorati 6-8°C bo'lgan joyda 12 soatgacha,
suyaklar maydalanmagan holda 3—5 soat davomid saqlanishi mumkin.