Dunyodagi eng totli tuxumli taomlar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-12-03 17:38:36
- 0
- 0
- 15730
Tuxum azal-azaldan insonlar uchun eng sevimli va o'zida foydali vitaminlarni mujassam etgan mahsulotlar sirasiga kiradi. To'yimliligi va tarkibidagi aminokislotalar borligi, foydaliligi jiҳatdan go'sht bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Insonlar hattoki "odam" deya atalmagan "neandertal" va "avstrolopitek" davrlarida ham tuxumni iste'mol qilganiga nima deysiz? Hayratlanarlisi, insoniyat hali olov nimaligini bilmagan bir davrda ham tuxumlarni juda yaxshi ko’rishgan. Zamonlar, yillar o’tsa hamki, tuxum mahsuloti bugungi kunda ҳamma uchun sevimlidir. Bundan tashqari ayrim mamlakatlarning milliy taomlarini tuxumsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Biz bugun aynan ana shunday taomlar haқida so’z yuritamiz. Taqdim etmoqchi bo’lgan taomlar ro’yxatimizda Isroil shakshukidan tortib, Norvegiya quymog’igacha bor.
1. Shakshuka
Ushbu taomda piyoz, ko’shimcha ziravorlar, achchiq qalampir va tuxum, pomidor qaylasida qovurilib, tayyorlanadi. Bu taomni isroilliklar yana boshqa turli ko’rinishlarda ҳam pishirishadi. Shakshuka taomi isroilliklar uchun pomidor va tuxumni qovurilganidan so’ng ҳam vitaminlarini o’zida saqlab qolishi bilan sevimlidir. Ushbu taom Shimoliy Afrikada paydo bўlgan bo’lsa-da, uning asl tayyorlanish siri iuda makonlariga borib tarqaladi.
Shakshuka nonushta va tushlik vaqtida ko’p iste'mol qilinadi, kechki dasturxonda esa kamdan-kam uchratamiz. Yuqorida aytib o’tilganidek shakshukaning tayyorlanish usullari turli xil. Ammo asosiy tarkib va masalliқlar o’zgarmaydi. Ya'ni, tuxum, qizil qalampir maxsus qaylada qovuriladi.
2. Frittata
Frittata taomi Italiya oshxonasiga mansub bo’lib, pishloq bo’laklari, mevalar, kolbasa yoki go’sht bilan birgalikda gaz pechida pishiriladi. Ushbu taomni yana makaron bilan ҳam tayyorlash mumkin. Milliy frittatani pishirishda italiyaliklar ko’k piyoz va pishloqdan foydalanishadi. Frittata tarkibiga qo’shimcha maҳsulotlar қўshilmaydi. Ҳattoki pomidorni taomga solishdan oldin, avvalo, terisi artilib, uruғlaridan tozalanadi va қuruқ joyda 15-20 daqiqa qo’yib қўyiladi. Ana undan sўng taom uchun foydalansa bўladi. Frittata ikki қuloқli tovada, past olovda, uzoқ muddat davomida pishiriladi. Birinchi tova yoғlanib, unga tuxum chaқiladi, sўngra қolgan masalliқlar birin-ketin solinadi. Taomning pastki қatlami қizara boshlagach, tova oғzi berkiladi va frittata tayyor bўlgunga қadar ochilmaydi. Yoki tova birdan olovdan olinib, gaz pechida pishiriladi.
3. Pashot