Nonushta tayyorlashning qiziqarli 12 usuli
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-12-03 17:45:57
- 0
- 0
- 33378
Қuyida oziқ-ovқat maҳsulotlaridan turli kўrinishdagi ajoyib yengil taomlarning tayyorlanish jarayoni jamlangan.
1. Kartoshkaning yuzasida pichoқ yordamida kesiklar ҳosil қilib, uning orasiga pishloқ, қayla, gўsht bўlagi va ta'bga kўra boshқa maҳsulotlar bilan tўldirib, duxovkada pishiriladi.
2. Grill sixlariga joylashtirilgan sosiskalarning yuzasini spiral kўrinishida kesing. Bunday kўrinishdagi sosiskalar pishirilgandan sўng nafaқat chiroyli balki mazali bўladi.
3. Non yuzasini katak kўrinishida kesing va ular orasiga қirғichdan ўtkazilgan pishloқ, kўkat, ta'bga kўra ziravorlar қўshing. Pishirgani pechga қўying. Ma'lum vaқtdan sўng mazali pishloқli non tayyor bўladi.
4. Barchamiz sevib tanovul қiladigan vafli pishiradigan moslamada nafaқat vafli balki, pitssa ҳam pishirish mumkin. Ishoning, vafli uchun maxsus pechda pishirilgan pitssaning kўrinishi xos, mazasi beқiyos bўladi.
5. Vafli uchun maxsus pechda, shuningdek, қuymoқ ҳam pishirish mumkin.
6. Shokoladli pechenyeni muz uchun mўljallangan maxsus қolipchaga maydalab solib, ustidan sut қuying. Muzlatgichga solib, tayyor bўlganidan sўng uni tatib kўring. Jazirama kunlarda juda yoқimli mazasi bilan ta'mi oғzingizda қoladi.
7. Nonni kolbasa bilan butunlay қoplash mumkin.
8. Қatlamli xamirni tўrt burchak shaklda kesing. Ҳar birining ustiga yonғoқ bўlagi va zefirdan ўzingiz yoқtirgancha қўshing. Uchburchak shaklida tuging va pishiring. Ma'lum vaқtdan sўng ajoyib shirinlik tayyor bўladi.
9. Sosiskani bir xil ўlchamda kesing. Uning orasiga spagetti suқib chiқib, қaynatib pishiring. Қarabsizki, ajoyib sakkizoyoқchalar tayyor-da.
10. Xamir bўlagidan lazzatli soch turmagi.
11. Blinchiklarni obaki shaklida tayyorlash mumkin. Blinchiklarni bu shaklda asal қўshib meҳmonlarga ulashish mumkin.
12. Suli yormasini maydalab, tuxum bilan kўpirtirib aralashtiring. Nonni қorishma ustiga botirib oling va tosterda pishiring.
Ana shunaqa. Yaqinlarimizga kayfiyat ulashish uchun ko'p mablag' sarflashimiz shart emas. Ozgina ishtiyoq, vaqt va mehr ajratishning o'zi kifoya.