Pishirilgan taomlarni mazaliroq qilish uchun sabzavotli g’oyalar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-12-10 15:45:59
- 0
- 0
- 7816
Tayyor taom va mahsulotlar sabzavotlar, muzlatilgan no’xatlar va pomidor bo’laklarini qo’shish orqali yanada mazali qilinishi mumkin. Agarda muzlatilgan baliq bo’laklarini taqdim etayotgan bo’lsangiz ularni muzlatilgan no’xat yoki makka jo’xori bilan birga taqdim eting.
Quyida tayyor taomlarni bezash bo’yicha g’oyalar:
Pitsa ustiga konservalangan pomidorni elakda o’tkazilganini (eng
yaxshisi agarda u giyohlar, ziravorlar qo’shilgan va sarimsoqli bo’lsa)
va muzlatilgan sabzavotlar masalan maydalangan ismaloq, brokkoli, no’xat
va makkajo’xorilarni qo’yishingiz mumkin. Ularni ustiga non uvoqlari
yoki pishloq seping.
Muzlatilgan lazanya ustiga pomidor yoki yosh qovoq bo’laklarini
qo’yishingiz mumkin. Ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan parmesan seping va
taomni pishiring. Taomni salatlar bilan taqdim eting.
Tayyor Meksika taomi joyida tayyorlangan bir zumlik salsa bilan
taqdim etilishi mumkin. Pomidor, bodring, piyoz va biroz seldrni
to’rtburchak shaklida to’g’rang. Ularni aralashtirib biroz tuz va murch
qo’shing. Yangi uzilgan achchiq qalampirni to’rtburchak shaklida
to’g’rang va maydalangan yangi kashnichni qo’shing.
Muzlatilgan pirog ustiga bir qator sabzavotlar terib isiguncha va
sabzavotlar yumshaguncha pishirgani yaxshi. Qo’ziqorinni, pomidorni,
kichik qovoqni yupqa, turli rangdagi bulg’or qalampiri somoncha shaklida
to’g’rashni tavsiya etamiz.
Tortilla yoki blinchikni ichini muzlatilgan maydalangan ismaloq bilan to’ldirishingiz mumkin; siz
uni eritishingiz shart emas, siz kam yog’li pishloq va maydalangan ko’k
piyoz bilan ismaloqdan foydalanishingiz mumkin. Uni olovga
chidamli idishga soling, 1-2 konserva maydalangan ko’kat qo’shilgan
pomidor qo’shing, ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq sepib uni
pishiring.
Hind taomlariga kelsak, siz raitaga o’xshash salat tayyorlashingiz
mumkin. Siz to’rtburchak shaklida to’g’ralgan bodringni maydalangan
yashil piyoz, qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi va maydalangan kress-salat
barglari yoki kashnichni kam yog’li tabiiy yogurt bilan aralashtiring.
Maydalangan yangi yalpiz va ozgina qalampir kukunini seping.
Xitoy taomlaridan oddiy sharqona salatni tavsiya etamiz. Loviya
nihollarini maydalangan yashil piyoz, konservalangan bambuk nihollari va
kesilgan suv yong’ogi bilan aralashtiring. Ushbu salatni Xitoy karam
barglari ustiga qo’yib ustiga kunjut yog’i va soya sousi sepib taqdim
eting