Foydali va mazali gazzaklar uchun retseplar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-12-10 16:25:47
- 0
- 0
- 8351
Tushlik yoki kechki ovqatga qadar ochiqib yurmaslik uchun foydali va mazali gazzaklar iste’mol qiling. Quyida ba’zi tavsiyalar keltirilgan.
Sabzavotli gazzak
Sabzi qalamchalari: Sabzilarni qalamcha qilib to’g’rang. Sous tayyorlang: sarimsoqni ezgichdan o’tkazing va uni 4 qoshiq qatiq va bir qoshiq ukrop bilan aralashtiring . Ziravorlash qo’shing
Cho’pdagi gazzaklar: Sariq bulg’or va feta pishlog’ini kub shaklida to’g’rang. Cho’pga yashil zaytun, kichik pomidor, feta pishlog’i va sariq bulg’orni o’tkazing. Gazzakni petrushka va qatiq sousi bilan taqdim eting.
“Kiyimli bodring’”: yashil bodringni ikkiga bo’ling va uzun yo’llari bo’ylab yana bo’ling. Uni pishgan yupqa go’sht bo’lagiga o’rang. Yashil piyozdan tayyorlangan “lenta” bilan bog’lang.
Mevali gazzaklar
Olma bilan dolchin: yashil olmani ikkiga bo’lib ustiga dolchin seping. Mikroto’lqonli pechkaga 2-3 daqiqaga qo’ying. Iliq xolda taqdim eting.
Sitrus salat: Mandarin, apelsin, kivi va bir hovuch yong’oqni kub shaklida to’g’rang. Ustiga lemon suvi seping
Greypfrut myusli: greypfrut bo’laklarini to’g’rang; bir choy qoshiq asal qo’shing. 2 osh qoshiq turli donli myusli qo’shing.
Sut mahsulotili gazzaklar
Yogurt kosada: 2 krujka tabiiy yogurt yoki kefni tovada bir qoshiq qovurilgan bug’doy yormasi aralashtiring, bir osh qoshiq quritilgan mevalar (olxo’ri, o’rik) qo’shing. Ularni ustiga biroz dolchin seping.
Giyohli sovuq sho’rva: bodringni qirg’ichdan o’tkazing; bir krujka kefir yoki yog’i olingan sut qo’shing, bir qoshiq maydalangan ukrop, petrushka va rayhon qo’shing. Ta’miga ko’ra biroz tuz va murch qo’shing.
Apelsinli kotej pishlog’i: Qalin ikki bo’lak kotej pishlog’ini kub shaklida to’g’rang. Apelsinni po’stlog’idan archib uni ham kub shaklida to’g’rang. Uni kotej pishlog’iga qo’shing va asta aralashtiring. Yangi uzilgan yalpiz yaproqlarini seping.