Piyoz – ko’p tomonlama darmon


Piyoz ko’zni achitadi va achchiq hidga ega. U yana ko’p tomonlama qo’llanishi tufayli mashhur. Uni qanday ishlatishni bilib oling.

Go’zallik uchun piyoz

Piyozni kuchli antiseptik, dezinfeksiyalovchi va shamollashga qarshi xususiyatlari mavjuddir. U suyaklar, tishlar va tirnoqlarni
mustahkamlaydi. U sochlar holatini yaxshilab terini shoyi kabi silliq qiladi. Agarda ozishni va bejirim ko’rinishni istasangiz piyoz tarkibidagi rux, oltingugurt va silikon tufayli siz undan qochmasligingiz kerak.

Yaxshi hazm qilish uchun

Piyoz, og’ir ovqat va alkogol iste’mol qiluvchi insonlar uchun tavsiya etiladi. U jigarni ishlashini rag’batlantiradi. Bundan
tashqari bu sabzavot oshqozon osti bezi faoliyatiga yordam beradi buning natijasida qon tarkibida shakar miqdori meyorda bo’ladi. U semirishdan saqlaydi, stress va qon bosimiga qarshi yordam beradi, qondagi xolesterol miqdorini kamaytiradi hamda yurak huruji xavfini kamaytiradi.

Yaralarni davolaydi

Piyoz tashqi qo’llanishda ham juda samarali. U yaralarni bitishini tezlashtiradi. Piyozdan tayyorlangan kompressni husnbuzarlar,
shamollash darajalarida, teri yaralarida, yongan va kuygan terilarda qo’llash mumkin. Qish mavsumida piyoz immunitetni ko’tarib tanani kuchli qiladi. Piyoz suvi tavsiya qilishga arziydi.