Ovqatlarni saqlash yo’llari
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-12-15 16:18:02
- 0
- 0
- 6186
Asrlar davomida odamlar ovqatlarni saqlashning turli hil yo’llarini kashf qilishgan. Albatta bu tadqiqotlar arzidigan bo’lib bizning kulinar hayotimizni sog’lomroq qiladi va taomlarimizni yangi saqlaydi.
Apertizasiya
Apertizasiya ovqat saqlash yo’li Nikolas Appert tomonidan 1810-yili kashf qilingan.Bu suvga to’la lekin havo bo’lmagan idishlarda taomlarni pishirishga asoslangan.Ushbu saqlash yo’li pasterizasiya metodlaridan biridir. Apertizasiya jarayonida zararli mikroorganizmlar rivojlanishi to’xtaydi va ovqat ta’mi buzilmasdan yangi bo’lib saqlanadi. Sabzavotlar va mevalar ushbu yo’l bilan saqlanishligi mumkin.
Pasterizasiya
Lyudvig Paster ushbu metodni achish jarayonlari ustida tadqiqotlar olib borayotganida kashf qilgan.Pasterizasiya jarayonida ovqat mikroorganizmlar o’lgunicha isitiladi.Pazterizasiya metodining mumtoz yo’li ovqatni 60ºC daraja issiqlikga ko’tarib 100ºC darajagacha yetkazmaslikdir. Eng muhimi, ushbu metod yordamida taomning ta’mi, vitaminlari va boshqa foydali moddalari saqlanib qoladi.
Muzlatish
Muzlatish eng zamonvaiy va eng samarali ovqat saqlash metodidir. Ovqatlar turli hil haroratlarda muzlatiladi. Sabzavot va mevalar – 30 dan -40 °C gacha haroratda saqalansa taomlar-20 °C dan -40 °C gacha haroratda saqlanadi. Muzlatish, taomning diyeta va organoleptik xususiyatlarini saqlab qoladi. Ushbu metod boshqa metodlarga qaraganda eng ko’p ozuqaviy moddalarni, vitaminlar, minerallar, yog’lar va oqsillarni saqlab qoladi. Ammo taom eritilganidan keyin uni boshqa muzlatib bo’lmaydi.
Tuzlash
Tuzlash ovqatlar saqlanishing biologik metodidir.Ushbu metod sut kislotasi ajralishiga asoslangan.Bu asosan sabzavotlar uchun ishlatiladi.Tuzlash ovqatlarni diyetik xususiyatlarini saqlagan holda salqashga yordam beradi.Karamni ushbu yo’l bilan saqlash ko’pgina Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan.To’gri yo’l bilan yopilgan karam maxsus idishlarda saqlanishi kerar.Eng muhimi, tuzli suvni qo’shish kerak bo’ladi chunki u karamning suyuqliklari chiqishiga sabab bo’lib sut kislotasi bakteriyalari rivojlanishiga yordam beradi.
Quritish
Quritish ovqatlarni saqlashning keng tarqalgan yo’li bo’lib, ham oilalarda ham ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi.Ushbu metod yuz yillar davomida ma’lum bo’lib kelgan bo’lsa ham ohirgi kunlarga kelib mukammalashib borgan. Quritish jarayonida suv ovqatdan ajratiladi va bu o’z navbatida mikroorganizmlarga qarshi vosita bo’ladi. Bu metod choy va kofe qayta ishlanishida, pasta ishlab chiqarilishida va quruq mevalarda amalga oshiriladi.
Dudlash
Go’shtlar, baliqlar yoki pishloqlar uchun dudlash jarayoni maxsus dudlash xonalarida amalga oshiriladi.Bu asosan bargli daraxtlarni yoqish orqali bo’ladi. Bu yo’l bilan saqlanishdan tashqari ovqat maxsus ta’m va hidga ega bo’ladi.