Jangchi dieta orqali tezroq ozing
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-12-15 17:26:42
- 0
- 0
- 12403
Isroil mudofa mutahassisidan siyosiy karikaturachiga aylangan Ori Hofmekler tomonidan yaratilgan, jangchi dietasi, muvafaqqiyatga erishishda tabiiy mahsulot almashinuvi va mashg’ulotlar g’oyasiga asoslangan. Ajoyib chegaralanmagan, bu oson dieta fantastik qo’llanish darajasiga ega va ko’pchilik insonlar uni oson ozish yo’li sifatida ko’radilar.
Jangchi dieta
Yaqinda dunyoda, ba’zi taomlar guruhini yoqtirish va boshqalardan qochishga asoslangan emas balki kun davomida ovqatlanish ritmiga asoslangan ovqatlanish rejasida o’sish ko’rindi. Jangchi dieta ulardan biri – uning asoschisi shartiga ko’ra, o’zgarishni sezish uchun inson kun davomida oz miqdorda yotishdan bir necha soat oldin esa ko’p taom iste’mol qilish kerak.
Qoidalar
Jangchi dietaning qoidalari oz lekin muhimdir:
1. Ovqatsiz 12 soatdan ko’p yurmang. Bu foydadan ko’ra ko’proq zarar beradi.
2. Kun davomida foydali mahsulotlardan oz oz iste’mol qilib
turing. Olma, reza mevalar, yong’oq, sut va shunga o’xshash yengil
mahsulotlardan iste’mol qiling. Bu sizni fikringizni ravon va tanangizni
sog’lom qiladi.
3. Kechasi xohlagancha ovqatlaning. Taxminiy vaqt uyquvdan 3-4 soat ilgari.
Siz iste’mol qilayotgan narsalarda haqiqiy chegara yo’q, kechki ovqat yetarlicha ozuqaviy moddalar: oqsillar, yog’lar va uglevodlarni o’z ichiga olsa istaganingizcha iste’mol qiling.
4. Mashq. Toza havoda sayr qiling, qisqa masofaga yuguring,
tosh ko’taring, tana og’irligi bilan bog’liq mashqlar, yoga –xohlagan
qiziqarli yoki ajoyib mashqlarni bajaring. Agar siz to’g’ri dieta
qilsangiz, mashg’ulotlar davomida yoki undan keyin energiyaga muhtojlik
sezmaysiz.
Jangchi dieta birinchi bor tanishtirilgandan beri ommabop va
muvafaqqiyatli qabul qilindi. Bu oson vaznni yo’qotish uchun mukammal
yechim bo’lmasligi mumkin, ammo rostdan ham, u o’zi nima? Qayerda odatiy
donolikda xatolik ketdi, bu ovqatlanish rejasi qulaydir – agar siz
oddiy va chegaralanmagan dieta izidan bormoqchi bo’lsangiz, bu urinib
ko’rishga arzidi.