Tekis qorin parhezi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-12-16 13:36:09
- 0
- 0
- 8680
Oshxonada ko’p vaqt ketgazishni yoqtirmaganlar uchun parhez. Ular kam lekin tez tez ovqatlanishni yaxshi ko’rishadi. Ularning istaklari kelishgan bel va songa ega bo’lishdir.
Parhez va mashg’ulot
Bu parhez faqatgina ozmoqchi bo’lganlar uchun emas balki abdominal muskullarini rivojlantirish uchun ham mo’ljallangan.
Kun davomida 450 g.gacha sut, 150 g kam shakarli meva sharbati, choy va kofe (kundalik normaga mos sut bilan) ichishingiz kerak. Siz istaganingizcha suv ichishingiz mumkin. Parhez 4 hafta davom etib ohirida siz kam yog’li maxsulotlarni iste’mol qilishingiz kerak, kaloriya miqdorini esa ko’paytirishingiz mumkin.
Tekis qorin uchun mashg’ulotlar:
Qorin muskullari uchun mashg’ulot
Ikki qo’lingiz
bilan bo’yningizni ushlang. Oyoqlaringizni ko’taring, o’ng oyog’ingizni
qayiltiring. Nafas oling va shu holatda boshingizni chapga ko’taring va
o’ng oyog’ingizni ham chapga itaring. Nafasingizni qo’yib yuboring va
oyoqlaringizni tushiring. Mashg’ulotni 8 marotaba har bir tomon uchun
qaytaring.
Tanangizni ko’tarish va tushirish
Tizzangizda
turing, qayiltirilgan qo’llaringizda dam oling, yerga qorningizni
tushiring. O’zingizni bo’sh tuting va boshlang’ich holatga qayting.
Nafas olishni esdan chiqarmang. Mashg’ulotni 8 marotaba qaytaring.
Oyoqlar va qo’llar tepaga
Orqangizda
yoting, qo’llaringizni boshingiz orqasiga qo’ying, tirsak tepaga
qaratilishi kerak. Sekin boshingizni va oyoqlaringizni ko’taring.
Ko’targaningizda orqangiz ko’tarilishi kerak emas. Boshingizni
ko’targaningizda nafas oling, tushirganingizda nafasni qo’yib yuboring.
Mashqni 8 marta qaytaring.
Tekis qoringa ega bo’lishga yordam beruvchi parhezning asosi kuniga 3
mahal kam yog’li taomlarni iste’mol qilishdir. Taomlar orasida boshqa
ovqatlarni iste’mol qilishdan ehtiyot bo’lish kerak. Man’ etilgan
taomlar ro’yxati quyidagilardan tashkil topgan: shirinliklar,
pishiriqlar, yog’lar, pishloqlar (yengil pishloqlardan tashqari),
qovurilgan taomlar va sosika kabi go’shtlar.
Kuniga 3ta sog’lom taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi: nonushta, tushlik va kechki ovqat
Menyu
Nonushta:
50g jo’xori bilan 1 choy qoshiq shakar va 115 g yangi meva
Tushlik:
1ta qattiq qaynatilgan tuxum va kam yog’li yogurt yoki salat bilan aralashtirilgan sendvich
Asosiy taom:
tamaddi
sarimsoq va myata bilan yangi sabzavotlar
Asosiy taom:
mol go’shti va qo’ziqorinli kabob
yoki
makaron
yoki
tovuq palov
Desert:
1 ta kam kaloriyali shokolad muss yoki qulubnay desert