Ofis ishchilari uchun diyeta
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-12-16 14:04:46
- 0
- 0
- 6368
Biz sizga ochliksiz bir qancha kilogram vazndan voz kechishni maslahat beramiz. Taomlanish odatlaringizni hoziroq o’zgartirsangiz yaxshi bo’ladi.
Kundan kunga ko’proq odamlar ofisda ishlamoqda. Bunday sharoitda ishlaoyotganlar kam mashg’ulotlar qilib ko’p o’tirgani sababli semirish holatlari ko’paymoqda.
Shokolad konfet
Haqiqatdan ham och qolishni oldini olish uchun esa tamaddini ishga olib keting.
2. Tushlik vaqtida salat yoki sho’rva iching.
3.
Asosiy taomingizni ishdan keyin uyda iste’mol qiling. Kechki payt
ishlasangiz restoran yoki barga borishga vaqt toping. Shoshilmasdan
sekin iste’mol qiling. Fransuzlar chiroyli qomatga egaligini sababi
sport bilan shug’ullanishligida emas balki har bir tishlagan
ovqatligidan lazzatlanishligidadir. Uhlashdan avval meva iste’mol qiling
yoki sabzavot sharbatini iching.
4. Taomlardan voz kechmang chunki juda ham och qolsangiz juda ko’p ovqatni bittada yeb tashlaysiz.
5.
Mashg’ulotlar qilishni esdan chiqarmang. Ofisda bo’lsangiz ham siz
harakat qilishingiz mumkin: yelkangiz, belingiz, boshingiz va
bo’yningizlarni qimirlatib turing. Ofis bo’ylab yuring va
hamkasblaringizni ziyorat qiling.
-sport sog’liq uchun yaxshidir
15 daqiqa yelka mashg’ulotlari, 15 tizza mashg’ulotlari
Nonushtadan keyin:
30-60 daqiqa velosiped haydang, ora orada ishga velosipedda boring.
Kunduzi:
30-45 daqiqa tez yuring.
Kechqurun:
Gilam yoki yumshoq pol ustida sakragich bilan 10 daqiqa sakrang.
5 kun uchun menyuingiz – istaganingizni tanlang
Nonushta
Biz sut bilan birga kofe yoki choyni tavsiya etamiz, lekin shakar bo’lishi kerak emas. Sut, yogurt va qatiq afzalqordir.
Tanlash uchun menyu:
2 bo’lak non ustiga qo’yilgan sariyoq, 2 bo’lak go’sht va rediska;
sariyoq, 10 g tvorog piyoz va bodring bilan 1 bo’lak non;
1ta ko’p yoki kam qaynatilgan tuxum, bir bo’lak non bilan sariyoq, 1ta pamildori;
2 bo’lak sariyoq bilan non, 2 bo’lak pishloq, 2ta rediska;
1 bo’lak non bilan sariyoq, tvorog, yoki bir qoshiq murabbo.
Ishingizga tammadi uchun nimani olishingiz mumkin?
1ta olma; 1ta shaftoli; 1ta kichik banan; 2ta sabzi.
Tushlik
Sabzavot salat: bodring bo’lagi, qalampir, bir qancha rediska, 15 g feta pishlog’i, tuz va muruch qo’shing, aralashtiring.
Baliq salat: yog’da 15 g tunes balig’i, yaxshilab qaynatilgan tuxum, pamildori va piyoz, ziravorlar, aralashtiring.
Pishloq salat: kesilgan rediska, piyoz, 4 qoshiq yogurt va ziravorlar bilan aralashtirilgan 20 g kam yog’li tvorog.
Tovuq salat: 10 g tovuqni kesing va kesilgan ananas, olma, 3 qoshiq konservalangan jo’xori va olxo’ri bilan aralashtiring.
Kechki ovqat – uyda yeyish kerakligini eslab qoling.
Guruch va sabzavotlar: 10 g pishirilgan guruchni olovda qovuilgan 25 g sabzavotlar va qo’ziqorinlar bilan aralashtiring.
Baliq
va sabzavotlar: bo’laklangan 2 ta sabzi, maydalangan piyoz,
pamildorilarni olovda qovuring, 15 g baliq qo’shing, dimlang va
ziravorlar qo’shing.
Qo’ziqorinlar bilan go’sht: qo’ziqorinlar bilan
1ta piyozni qovuring, 10 g tovuq qiymasini, petrushka, ziravorlarni
qo’shing, go’shtdan sharlar yasang, dimlang, bir qoshiq guruch bilan
iste’mol qiling.
Pasta va sous: 10 g pastani pishiring, piyoz va sarimsoq bilan qovurilgan 2 qoshiq pamildori pastasini qo’shing.