Qahvaning foydali xususiyatlari
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-02-16 17:13:43
- 0
- 0
- 9212
Mutaxassislar qahvaning siz va biz bilmagan ba’zi foydali xususiyatlarini sanab o‘tdi. Ular bilan maqolada tanishishingiz mumkin.
Qahva yurak va qon-tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin
Odatda qahva yurakka foyda emas, zarar keltirishi aytiladi, ayniqsa kofeindan taxikardiya yuzaga kelishini hisobga olganda. Shunga qaramay, aslida kuniga 3—5 finjon qahva ichsangiz, kardiologik kasalliklar xavfini kamaytirgan bo‘lasiz. Hatto, bir kunda 5 finjondan ko‘proq qahva iste’mol qilsangiz ham, sizda miokard infarkti yuz berishi xavfi umuman qahva ichmaydigan kishilardagidan yuqori bo‘lmaydi.
Qahva miya hujayralari ishlashini tezlashtiradi
Qahva tufayli miyangiz dofamin va adrenalinni odatdagidan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqaradi. Bu xotirani va reaktsiya tezligini yaxshilashi mumkin.
Qahva o‘yquga to‘ymaslik ta’sirini bartaraf etadi
Qahvaning ushbu xususiyati siz uchun tanish bo‘lishi mumkin, ammo qahvaning ta’siri qanchalik kuchli ekanligidan hayratga tushishingiz mumkin. Energiya quyilib kelishi uchun qahva donlarining hidi ham yetarli bo‘ladi.
Qahva umrni uzaytiradi
Garvard universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot kofeinga o‘rganib qolgan kishilar undan uzoqroq yuradigan kishilarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rishini ko‘rsatib berdi.
Qahva yugurishni tezlashtiradi
Mashq oldidan iste’mol qilingan qahva mushaklaringizni yog‘larni yo‘qotishga shaylaydi va siz o‘zingizni kuchga to‘la his qilasiz.
Qahva yuz uchun skrab o‘rnini bosishi mumkin
Qahva quyqumi terini yaxshigina tozalaydi. Buning uchun yangi yoki foydalanilgan qahva quyqumini kokos yoki zaytun yog‘i bilan aralashtiring. Ushbu aralashma nafaqat terini tozalaydi, balki xushbo‘y hid ham baxsh etadi.
Qahva keksayishga qarshi kurashishi mumkin
Qahva sharofati bilan nafaqat yosh ko‘rinishingiz, balki o‘zingizni yosh his qilishingiz ham mumkin. Qahvani iste’mol qilish orqali, tanangizga keksayish belgilariga qarshi kurashda yordam bergan bo‘lasiz.
Qahva ko‘z kasalliklari oldini oladi
Olimlar ta’kidlashicha, qahva ichadigan kishilar ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish va glaukoma kabi kasalliklarga kamroq uchraydi. Bunga qahva tarkibidagi antioksidantlar yordam beradi.