Quritilgan arab hurmosining sehri
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2016-04-22 10:37:23
- 0
- 0
- 7325
Ushbu mahsulotni qadimdan ota-bobolarimiz yeb kelishgan. Ramazon oyida ushbu ajoyib meva bilan og‘izni ochish odat bo‘lib qolgan. Uning qanday sehri bor?
Arabcha hurmo mineral va vitaminlarga boy mevadir. Uning tarkibidagi organizmga kerakli 23 dona aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Arabcha hurmoni doimiy ravishda kuniga kamida 3-4 dona yeb yurilsa, ko‘p kasalliklardan holi bo‘lish ehtimoli oshar ekan.
Demak, arabcha hurmo nimaga foydali?
Yurak, buyrak va jigarga kuch beradi;
Organizmning kislota balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
Qonsizlikda foydali;
Immunitetni oshiradi;
Ichak mikroflorasini yaxshilaydi;
O‘pka faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘tal payti balg‘amni chiqarishga yordam beradi;
Charchov, uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng organizmga quch-quvvat beradi;
Saraton kasalliklari rivojlanish xavfini pasaytiradi;
Inson miya faoliyatini yaxshilaydi.
Arabcha hurmoni qand kasalligi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yeyish tavsiya etiladi.