Vaqtingiz va pulingizni tejang - muzlatib saqlasa bo‘ladigan 15 ta mahsulot
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-05-10 14:56:52
- 0
- 0
- 8642
Biz odatda, muzlatgich muzxonasida sabzavotlar, go‘sht va baliq mahsulotlarini saqlashga o‘rganganmiz. Yana shunday mahsulotlar ham borki, ularni uzoq vaqt foydali xususiyatlarini yo‘qotmagan holda o‘z muzlatgichingizda saqlashingiz mumkin.
Qo‘yida shu mahsulotlar va ularni qanday muzlatgichda saqlash bo‘yicha ma’lumot beramiz:
-
Мevalar
Olma, nok, shaftoli, o‘rik, qovun, uzum va boshqa mevalarni shu kabi muzlatib, bir necha oylab saqlasa bo‘ladi.
-
Pishloq
Agar siz qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni xush ko‘rsangiz, unda parmezan pishlog‘idan katta qismini sotib olib, uni oshxona kombaynida maydalab, maxsus muzlatish xaltalariga o‘rab muzxonaga qo‘yishingz mumkin. Bu holatda uni uzoq vaqtga, bir necha oylab saqlashingiz mumkin. Iste’mol vaqti kelganda konteynerni yoki maxsus muzlatish xaltani ozroq ochib ichidan bir, ikki qoshiq pishloqni bemalol olib ishlatishingiz mumkin.
-
Guruch
Guruchni qaynatib pishirib, barkashga yoki pergament qog‘oziga yoyib muzlatib qo‘yib, muzlagandan so‘ng maxsus xaltachaga solib saqlash mumkin. Kerakli paytda guruchni turli xil ovqatlarga solib,birdan iste’mol qilsangiz bo‘ladi. Muzlatilgan guruchni zapekankalar, suyuq ovqatlar uchun ishlatsangiz ham bo‘ladi.
-
Sut
Sut tez aynib qoladigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Lekin sutni ham muzxonada ko‘proq saqlashning iloji bor. Buning uchun, sut solinadigan idish kattaroq bo‘lishi kerak, chunki suyuqliklar muzlaganda kengayadi. Iste’moldan oldin sutni eritib, yaxshilab chayqatish lozim.
-
Non va non maxsulotlari
Non va non mahsulotlarini ham muzxonada saqlash mumkin. Nonni oldin muzlatib, so‘ng mikroto‘lqinli pechda kechasi bilan qo‘yib qo‘ysangiz, ertalab yana yumshoq holiga qaytadi. Barcha non mahsulotlarini, bemalol, shu tarzda uzoq vaqt saqlashingiz mumkin.
-
Xamir va xamir maxsulotlari
Xamirni muzlatishdan oldin, o‘rtacha kattalikdagi zuvalalarga bo‘lib, maxsus muzlatish xaltachalariga solib, so‘ng muzxonaga joylashingiz mumkin. Bundan tashqari qolgan xamir mahsulotlarini ( pechen'ye, bulochka, qatlama xamirlari kabi) esa muzxonaga joylashingizdan oldin, o‘zingizga keraklicha bo‘laklarga bo‘lib, so‘ng joylaganingiz ma’qul. Chunki, xamiringiz kerak bo‘lgan paytda ishlatish o‘zingizga qulay bo‘ladi.
-
Каrtoshka pyuresi
Kartoshka pyuresini muzqaymoq sharlaricha holiga keltiriladi ya’ni yumaloqlangan pyureni pergament qogozi to‘shalgan patnisga terib, so‘ng muzxonaga qo‘ysangiz bo‘ladi. Muzlagandan so‘ng, xaltachaga solib, zarur paytda olib ishlatishingiz mumkin. Bu holatda pyureni kamida 2 oy davomida saqlashingiz mumkin.
-
Маrinadlangan go'sht
Go‘shtni marinad qilib, muzlatish uchun xaltachaga solib, muzxonaga joylang. Go‘shtni ko‘zdan kechirganingizda agar u muzlagan bo‘lsa, demak, tayyor.
-
Jo'xori
Jo‘xorining barglari jo‘xori donalarini himoya qilib turadi va bunday holatda u yangiligicha saqlanadi.
-
Sok
Sokni muzlatishning birgina qoidasi, xuddi sut kabi kengroq idishga joylashtirishdir. Chunki, muzlagan holida u kengayadi.
-
Limon soki, laym va limon sedrasi
Limon va laymni siqib, suvini muz qoliplariga solib, muzxonaga joylaymiz. Endi siz xohlagan paytingizda, yangi sitrus mevali sokka ega bo‘ldingiz. Limon sedrasini ham, xuddi shu tarzda muzlatamiz. Zaruriyat tug‘ilganda, bemalol olib ishlatishingiz mumkin.
-
Кo'katlar
Yozda o‘sgan va muzlatilgan ko‘katlarning tarkibida S vitamini qishda, issiqxonada o‘sgan yangi ko‘katlardan 2 barobar ko‘p bo‘ladi. Muzlatilgan ko‘katlarni bir yilgacha saqlash mumkin. Ko‘katni muzlatish uchun, o‘ramlaridan yechmagan holda yuviladi va sochiq yordamida suvi shimdiriladi, so‘ng muzxonaga qo‘yiladi. Ko‘katlar 2 soatda muzlaydi, keyin uni poliyetilen xaltachalarga solib, yana muzxonaga qo‘yiladi.
-
Sabzavot bo'laklari
Pomidor, piyoz, bulg‘or qalampiri, achchiq garmdori, gulkaram va qo‘ziqorin kabi sabzavotlarni bo‘laklarga bo‘lib, muzlatib, keyin maxsus xaltachalarga solib qo‘yishingiz mumkin. Muzlatilgan sabzavotlarni 8 oydan 12 oygacha saqlash mumkin.
-
Piroglar
Olmali pirog pishirdingizu, uning yana katta qismi ortib qoldi. Xavotir olishingizga hojat yo‘q, chunki piroglarni ham bir necha oyga muzlatib qo‘yishning ilojisi bor. Buning uchun «Muzlatich uchun qog‘oz» oling va pirogni o‘rab muzxonaga joylang. Pirog yeyishni istaganingizda uni olib, gaz pechida (150 gradusda) 2 soatga qo‘yib oling.
-
Каrtoshka chipslari
Siz kartoshka chipsilarini xush ko‘rasiz, shuning uchun ularni tez-tez xarid qilasiz, yoki uyingizda doim bo‘lishini xohlaysiz. Ularni sotib olganingizda qanday paketga o‘ralgan bo‘lsa, xuddi shu holatda muzlatishingiz mumkin. Ular muzlagandan so‘ng, muzlatilmagan chipsilardan ham ma’zaliroq ta’mga ega bo‘ladi.